4.10-rasm. Limitlarni hisoblash.
4.8. Tenglamalarni sonli va simvolli echish
Mathcad
har qanday tenglamani, hamda ko’pgina differensial va integral tenglamalarni
echish imkoniyatini beradi. Misol uchun kvadrat tenlamanining oldin simvolli echimini topishni
keyin esa sonli echimini topishni qarab chiqamiz.
Simvolli echish.
Tenglamaning simvolli echimini topish
uchun quyidagi proцedurani
bajarish kerak:
1.Echiladigan tenglamani kiritish va tenglama echimi bo’lgan o’zgaruvchini kursorning ko’k
burchagida ajratish.
2. Bosh menyudan Symbolics
→
Variable
→
Solve (Simvolli ifoda
→
O’zgaruvchi
→
Echish)
buyrug’ini tanlash. Tenglamani echish .
Sonli echish.
Algebraik tenglamalarni echish uchun Mathcadda
bir necha funksiyalar
mavjud. Ulardan Root funksiyasini ko’rib chiqamiz. Bu funksiyaga murojaat quyidagicha:
Root(f(x),x).
Root funksiyasi iteratsiya usuli sekuщiх bilan echadi va sabab boshlang’ich qiymat oldindan talab
etilmaydi. 4.11-rasmda tenglamani sonli echish va uning ekstremumini topish keltirilgan.
Tenglamani echish uchun odlin uning grafigi quriladi va keyin uning sonli echimi izlanadi.
Funksiyaga murojaat qilishdan oldin echimga yaqin qiymat beriladi va keyin Root funksiya
kiritilib, x0= beriladi.