SHablon yordamida 100 dan ortiq elementga ega bo’lgan matritsani kiritish mumkin. Vektor – bu
bir ustunli matritsa deb qabul qilinadi. Har qanday matiцa elementi matritsa nomi bilan uning ikki
indeksi orqali aniqlanadi. Birinchi indeks qator nomerini, ikkinchi indeks – ustun nomerini
bildiradi.Indekslarni kiritish uchun matematika vositalar paneldan Matrix panelini ochib, u erdan
Vector and Matrix Toolbar, keyin Subscript (Pastki indeks) bosiladi. Klaviaturadan buni [
(ochuvchi kvadrat qavs) yordamida bajarsa ham bo’ladi. Massiv elementi numeri 0, 1 yoki
istalgan sondan boshlanishi mumkin (musbat yoki manfiy). Massiv elementi numeri boshqarish
uchun maхsus ORIGIN nomli o’zgaruvchi ishlatiladi. Avtomatik 0 uchun ORIGIN=0 deb
yoziladi. Bunda massiv elementlari nomeri nuldan boshlanadi. Agar nuldan boshqa sondan
boshlansa unda ORIGIN dan keyin ikki nuqta qo’yiladi, masalan ORIGIN:=1.
4.18-rasmda D matritsaning pastki indekslardan foydalanib, elementlarini topish
ko’rsatilgan. ORIGIN=0 bo’lgani uchun avtomatik ravishda birinchi element 10 ga teng.
Dostları ilə paylaş: