Ta’lim metodlari: klaster metodi,“Nima uchun?” texnikasi.
Ta’lim vositalari: tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, markerlar, ekspert topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: talabalar zamonaviy tarbiyachi, va uning kasbiy kompetensiyasi haqida zarur bilimlarga ega bo‘ladilar. Kichik ma’ruza: Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi maktabgacha ta'limni tashkil etish, innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va bolalar bilan ishlash usullarini jadal joriy etish uchun alohida shart-sharoitlarni talab qiladi. Bunday vaziyatda kasbiy kompetentsiya ayniqsa muhimdir, uning asosi o'qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi hisoblanadi.
Olimlar A.S. Belkin va V.V. Nesterov shunday deb hisoblaydi: "Pedagogik ma'noda kompetentsiya - bu ta'lim sohasida samarali faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadigan kasbiy vakolatlar, funktsiyalar to'plami".
Kasbiy ta'limga nisbatan kompetensiya - bu bilim, ko'nikma va amaliy tajribani muvaffaqiyatli ishlash uchun qo'llash qobiliyatidir.
Zamonaviy maktabgacha tarbiya o'qituvchisining kasbiy kompetentsiyasi - bu unga maktabgacha ta'lim muassasasining psixologik-pedagogik jarayonida yuzaga keladigan ma'lum bir dastur va maxsus vaziyatlarni engishga imkon beradigan universal va o'ziga xos kasbiy munosabatlar yig'indisi sifatida belgilanadi. rivojlantirish vazifalarini, uning umumiy va maxsus qobiliyatlarini aniqlashtirish, takomillashtirish, amaliy amalga oshirish.
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga oshirishning garovidir.