Xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish tuzulmasi
Tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarnining munosabati bo‘limida tarbiyachi katta rol o‘ynaydi.Chunki u yetakchi rolini bajaradi. Munosabat-pedagogik faoliyatinining eng asosiy professional kurolidir. Pedagogik munosabat esa - bu tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan mashg‘ulotda, mashg‘ulotdan tashkarida bo‘lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixologik muxit yaratish uchun karatilgan.
Noto‘g‘ri pedagogik munosabat tarbiyalanuvchining ikkilanishiga, xotirasi, dikkatining bo‘linishiga, mustakil fikr yurita bilish, xoxishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada fakat tarbiyachiga emas, balki uning mashg‘uloti xam tarbiyalanuvchi tomonidan negativ karash paydo bo‘ladi.
Pedagogik (faoliyat) munosabat, sotsial-psixologik protsess singari kuyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi; shaxsni anglash, informatsiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashuvi, hamdardlik va o‘zini ishontirish.
Munosabatning informatsiyaviy funksiyasi, ma’naviy boyliklarni va materiallar almashuvini ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy motivizatsiya uchun sharoit yaratadi. Tarbiyachi uchun bolani tushuna bilish, ularning etiyojlarini bilish muhim. Tarbiyalanuvchini darsga qiziqtirish va rag‘batlantirib turish kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining muhiti maktabdan ancha farq qiladi. Maktabgacha ta;lim tashkilotida pedagog- tarbiyachi bolaga ta’lim-tarbiyani asosan o‘yin faoliyat orqali beradi. O‘yin faoliyatidan tashqari mashg‘ulot jarayonida, mehnat faoliyati orqali bolani har tomonlama rivojlantirib, unda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga harakat qiladi. Tarbiyachi qanday faoliyatda bo‘lmasin bola bilan bevosita munosabatda bo‘lib, u etakchi rolni o‘ynaydi. Tarbiyachi bola tarbiyalashdan avval uni psixologik jihatdan o‘rganib chiqishi kerak. Bolaga baqirmaslik, jerkmaslik va uning shaxsini do‘stlari oldida pastga urmasligi kerak.
Tarbiyachi bolani qo‘llab-quvvatlashi, to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi shart. U bolada o‘ziga nisbatan ishonch xosil kilishi kerak. Bolaga ta’lim-tarbiya berib bo‘lmaydi. Chunki o‘zini erkin his kilmagan bola hech kachon normal rivojlanmaydi. Bu qo‘rquv bolada tarbiyachiga nisbatan, Maktabgacha ta;lim tashkilotiga nisbatan nafrat uyg‘otadi. Qo‘rquvni his kilgan bola hech kachon tarbiyachi tomonidan berilgan informatsiyani qabul qilmaydi. CHunki bolaning diqqati bo‘lingan bo‘ladi, unda ikkilanish, passivlik paydo bo‘ladi. Bunday vaziyat tuzilmasligi uchun tarbiyachining nutqi aniq ravon ifodali bo‘lishi kerak. Agar mashg‘ulotda passiv qatnashsa, uni aktiv bo‘lishga jalb qilish; bola noto‘g‘ri javob bersa - unga baqirmasdan xatosini tushuntirish, bolani rag‘batlantirish, uni ko‘ngliga yo‘l topish har bir tarbiyachining vazifasidir.
Tarbiyachining ijodkorligi asosan bolalar bilan o‘tkaziladigan biror bir tadbirlarni uyushtirishda namoyon bo‘ladi. Bu tadbirlarni uyushtirishda maqsad asosan bolalarni akliy rivojlanishiga qaratilgan. Bolalarni to‘g‘ri tahlil qilishga, to‘g‘ri fikrlashga va tushunishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Masalan: Navro‘z bayrami, kunning II yarim kuni ko‘ngil ochar soatlar, tug‘ilgan kunlar va boshkalar. Bu tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad bolalarni jamoaga to‘plab va jamoa bo‘lib, ijod kilishga karatilgan. Endi jamoa bo‘lib bajariladigan ishni kanday tashkil kilishni boskichlarga bo‘lib chiqamiz. (Jamoa bo‘lib bajriladigan ish)
I. Birinchi bosqich-jamoaning dastlabki ishi.
II. Ikkinchi bosqich-ishni jamoa bo‘lib rejalashtirish ishi.
III. Uchinchi bosqich-jamoa bo‘lib bajarish ishiga tayyorgarlik.
IV. To‘rtinchi bosqich-jamoa bo‘lib bajarish ishini o‘tkazish.
V. Beshinchi bosqich-jamoa bo‘lib bajrish ishini yakunlash. VI. Oltinchi bosqich-jamoa bo‘lib bajarish ishining natijasi.
I. Bosqichda tarbiyasiz bolalar bilan suhbat uyushtirib, ularni jamoa bo‘lib bajarish qanday ish bajarmoqchi ekanliklarini aniqlaydi. Masalan, biz kim va nima uchun ishlamoqchimiz? Qachon? Qaerda? Kim bilan, kim boshchilik qiladi?
II. Bosqichda tarbiyachi bolalar bilan bajariladigan ishni rejasini tuzib oladi. Buning uchun kichik-kichik guruhlar tuzib, ularda sizlar nima qilmoqchisizlar? Kim uchun bajarmoqchisiz? deb bolalarni qiziqishi va bajaradigan ishga munosabatini aniqlaydi.
III. Bosqichda tarbiyachi tadbirni o‘tkazish tashkilotchi rahbarini aniqlaydi. Ularga konsultatsiyalar beradi. Barcha masalalarni birgalikda hal qilish kerakligi, tadbirga tayyorgarlikni va o‘tkazishini nazorat kilish birbirlari bilan tajriba almashtirishni maslahat beradi
IV. Bosqichda jamoa bo‘lib bajarish ishini o‘tkazish jamoa rejalashtirgan ishini amalga oshirish bu davrda tarbiyachi barcha egallangan bilimlarni ishga soladi va shuni yaxshi chikishi uchun harakat qiladi. Masalan, «otaonalar burchagiga har xil foto, stend, devoriy gazetalar».
V. Bosqichda jamoa bo‘lib bajarish ish yakunini kay darajada ekanini? Nimani bajara olding? Nima uchun? kabi savollarga javob izlanadi. Masalan, tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchidan mana shu savolga javoblarni fikrlashga, aniqlashga qaratadi.