Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachining kasbiy pedagogik kompetentsiyani takomillashtirish xususiyatlari Ko‘pgina tarbiyachilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, tarbiyachilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoѐn eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: ―Garchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz ѐki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. YA’ni, topshiriqni bajarish, masalani echishda talaba echimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri echimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash). YUqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayѐrlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoѐn bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi.
Kompetentsiya - bu yuqori sifatli samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq shaxsiy xususiyatlar to‘plamini o‘z ichiga olgan shaxsning asosiy sifati. Kasbiy kompetensiya - kasbiy muammolarni hal qilishda amaliy tajriba, ko‘nikma va bilimlar asosida muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyati.
Pedagogning asosiy kasbiy vazifasi bolalarning barkamol rivojlanishi uchun sharoit yaratishdir. Buning uchun maktabgacha ta’lim tarbiyachisi quyidagi kasbiy vakolatlarga ega bo‘lishi kerak :
1) har bir bolaga, uning his-tuyg‘ulari va ehtiyojlariga hurmat;
2) har bir bola bilan muloqot qilish qobiliyati;
3) bolalarning faoliyat turlarini, birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarini erkin tanlashlari uchun sharoit yaratish qobiliyati;
4) bolalarning qaror qabul qilishlari, his-tuyg‘ulari va fikrlarini ifoda etishlari uchun sharoit yaratish qobiliyati;
5) bolalarga direktiv bo‘lmagan yordam ko‘rsatish qobiliyati, turli tadbirlarda bolalarning tashabbusi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash;
6) bolalar, shu jumladan turli milliy-madaniy, diniy jamoalar va ijtimoiy qatlamlarga mansub, shuningdek, turli xil (shu jumladan, cheklangan) sog‘liqni saqlash imkoniyatlariga ega bo‘lgan bolalar o‘rtasida ijobiy, do‘stona munosabatlar uchun sharoit yaratish qobiliyati;
7) tengdoshlari bilan ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishga imkon beradigan bolalarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish qobiliyati;
8) madaniy faoliyat vositalarini o‘zlashtirish uchun sharoit yaratish qobiliyati;
9) tafakkur, nutq, muloqot, tasavvur va bolalar ijodiyotini rivojlantirishga, bolalarning shaxsiy, jismoniy va badiiy va estetik rivojlanishiga hissa qo‘shadigan faoliyatni tashkil etish qobiliyati;
10) har bir bolaning individual rivojlanishini baholash qobiliyati;
11) ota-onalar bilan bolani tarbiyalash, ularni ta’lim faoliyatiga jalb qilish, shu jumladan oila bilan birgalikda ta’lim loyihalarini yaratish orqali o‘zaro munosabatda bo‘lish qobiliyati.
Pedagog tomonidan olingan asosiy ta’lim faqat kasbiy kompetentsiyani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Bundan tashqari, keyingi paytlarda maxsus maktabgacha ta’lim muassasasiga ega bo‘lmagan pedagoglar, kasbiy tayyorgarligi maktabgacha ta’limning zamonaviy talablariga javob bermaydigan pedagoglar, o‘rnatilgan pedagogik qoliplarga ega stajyor-pedagoglar sonining ko‘payishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, o‘z faoliyatini yuqori professional darajada amalga oshirish, yuqori sifatli ta’limni ta’minlaydigan ta’lim va tarbiyaning pedagogik jihatdan asoslangan shakl va usullarini qo‘llash uchun ularning kasbiy darajasini oshirish zarur.
Zamonaviy dunyo talablari shundayki, bir marta olingan bilim etarli emas. Bu sizning professional malakangizni oshirish uchun zarurdir .
Biz uni rivojlantirishning asosiy yo‘llarini ajratib ko‘rsatamiz:
- malaka oshirish kurslari;
- tadqiqot, eksperimental faoliyat;
-innovatsion faoliyat, yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- pedagogik tanlovlarda, mahorat darslarida faol ishtirok etish;
-uslubiy birlashmalarda qatnashish;
- axborot oqimini boshqarish qobiliyati;
- shaxsiy pedagogik tajribani umumlashtirish;
va eng muhimi, o‘z-o‘zini tarbiyalash.
O‘z-o‘zini tarbiyalash - uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas qismi - asosiy ta’lim va davriy malaka oshirish o‘rtasidagi bog‘liqlik vazifasini bajaradi.
Aksariyat tarbiyachilar o‘zlarining kasbiy mahoratini mustaqil ravishda oshira olmaydilar (ba’zi hollarda esa buni xohlamaydilar). Tashqi omillar (ish haqi, moddiy-texnika jihozlari, ishning ortiqcha yuklanishi, kundalik qiyinchiliklar va boshqalar) ta’sir qiladi, ammo tarbiyachilarning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv sabablar ham mavjud. Ularda qat’iyatlilik, maqsadlilik, o‘z-o‘zini tarbiyalash ish qobiliyati yo‘q
Shuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash muhimligini tushunish va o‘z rivojlanishiga intilish juda muhimdir. K. I. Chukovskiy aytganidek, "Faqat o‘z ishing bilan olgan bilim kuchli va qimmatlidir ..." 20 O‘z-o‘zini tarbiyalash - bu shaxsning o‘zi tomonidan boshqariladigan maqsadli kognitiv faoliyat, har qanday sohada tizimli bilimlarni o‘zlashtirish.
Xulosa Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. SHuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.
Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari etaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda Maktabgacha ta;lim tashkilotida, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy etuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar Maktabgacha ta’lim tashkilotilari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga oshirishning garovidir
Tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarnining munosabati bo‘limida tarbiyachi katta rol o‘ynaydi.Chunki u yetakchi rolini bajaradi. Munosabat-pedagogik faoliyatinining eng asosiy professional kurolidir. Pedagogik munosabat esa - bu tarbiyachining tarbiyalanuvchi bilan mashg‘ulotda, mashg‘ulotdan tashkarida bo‘lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixologik muxit yaratish uchun karatilgan.
Noto‘g‘ri pedagogik munosabat tarbiyalanuvchining ikkilanishiga, xotirasi, dikkatining bo‘linishiga, mustakil fikr yurita bilish, xoxishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada fakat tarbiyachiga emas, balki uning mashg‘uloti xam tarbiyalanuvchi tomonidan negativ karash paydo bo‘ladi.
Pedagogik (faoliyat) munosabat, sotsial-psixologik protsess singari kuyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi; shaxsni anglash, informatsiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashuvi, hamdardlik va o‘zini ishontirish.
Munosabatning informatsiyaviy funksiyasi, ma’naviy boyliklarni va materiallar almashuvini ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy motivizatsiya uchun sharoit yaratadi. Tarbiyachi uchun bolani tushuna bilish, ularning etiyojlarini bilish muhim. Tarbiyalanuvchini darsga qiziqtirish va rag‘batlantirib turish kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining muhiti maktabdan ancha farq qiladi. Maktabgacha ta;lim tashkilotida pedagog- tarbiyachi bolaga ta’lim-tarbiyani asosan o‘yin faoliyat orqali beradi. O‘yin faoliyatidan tashqari mashg‘ulot jarayonida, mehnat faoliyati orqali bolani har tomonlama rivojlantirib, unda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga harakat qiladi.
Tarbiyachi qanday faoliyatda bo‘lmasin bola bilan bevosita munosabatda bo‘lib, u etakchi rolni o‘ynaydi. Tarbiyachi bola tarbiyalashdan avval uni psixologik jihatdan o‘rganib chiqishi kerak. Bolaga baqirmaslik va uning shaxsini do‘stlari oldida pastga urmasligi kerak.
Tarbiyachi bolani qo‘llab-quvvatlashi, to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi shart. U bolada o‘ziga nisbatan ishonch xosil kilishi kerak. Bolaga ta’lim-tarbiya berib bo‘lmaydi. Chunki o‘zini erkin his kilmagan bola hech kachon normal rivojlanmaydi. Bu qo‘rquv bolada tarbiyachiga nisbatan, Maktabgacha ta;lim tashkilotiga nisbatan nafrat uyg‘otadi. Qo‘rquvni his kilgan bola hech kachon tarbiyachi tomonidan berilgan informatsiyani qabul qilmaydi. CHunki bolaning diqqati bo‘lingan bo‘ladi, unda ikkilanish, passivlik paydo bo‘ladi. Bunday vaziyat tuzilmasligi uchun tarbiyachining nutqi aniq ravon ifodali bo‘lishi kerak. Agar mashg‘ulotda passiv qatnashsa, uni aktiv bo‘lishga jalb qilish; bola noto‘g‘ri javob bersa - unga baqirmasdan xatosini tushuntirish, bolani rag‘batlantirish, uni ko‘ngliga yo‘l topish har bir tarbiyachining vazifasidir.