Kishilik olmoshlari nutqda quyidagi xususiyatrga ega bo‘lad
kishilik olmoshlari, o‘z ma’nosidan tashqari, shaxs va son ma’nosi ko‘chgan holda qo‘llanishi mumkin. Masalan, kamtarlik ma’nosida men o‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Biz o‘z tadqiqotimizda sohaga doir yirik olimlarning fikrlariga tayandik. Ba’zan xuddi shunday shaklda manmanlik ma’nosi ham yuzaga kelishi mumkin: Biz o‘z ishimizni bilib qilamiz, maslahatingizga zor emasmiz! Ichki monologik nutqda sen olmoshi men o‘rnida ishlatilishi mumkin. Bunda so‘zlovchining o‘z-o‘zini tergashi anglashiladi:Sen o‘z odobing, g‘amxo‘rliging bilan odamlar ko‘ngliga yo‘l topa olishing kerak; 2) I shaxs ko‘plikdagi kishilik olmoshi biz II shaxs ko‘plik-dagi siz olmoshi o‘rnida qo‘llanishi mumkin. Bunday qo‘llanishda ko‘pincha boshqa shaxslarni ma’lum bir ishni bajarishga tashviq qilish, undash ma’nosi anglashilib turadi: Qani, endi biz ham ishga tushaylik. 3) I shaxs ko‘plikdagi biz olmoshi II shaxs birlikdagi sen olmoshi o‘rnida qo‘llanganda shaxs va son ma’nosi birlikda ko‘chadi: Xush, biz endi buyog‘iga nima deymiz? 4) kishilik olmoshlaridan men ko‘plik affiksi bilan qo‘llanmaydi. Sen olmoshi -lar affiksi bilan birga qo‘llanganda tinglovchi va boshqa shaxslarga munosabatni yoki tinglovchiga nisbatan Mensimaslik ma’nosi ifodalanadi: Senlar hech qachon yaxshilikni bilmaysanlar!
So‘roq olmoshlari.
Nutq jarayonida ishtirok etuvchilarga ma’lum bo‘lmagan narsani aniqlab bilish uchun ishl Kim olmoshi shaxslarga nisbatan qo‘llanadi va quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) shaxsga nisbatan so‘roq, ifodalaydi va otlar kabi egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qiladi: kimim, kiming, kimi, kimning, kimdan kabi. Biroq ko‘plik affiksini olganda narsaning birdan ortiq ekangini emas, shaxsninig kimligini yoki unga nisbdtan hurmat ma’nosini ifodalaydi: Darsga kimlar kelmadi? U kishi kimlar?; 2) ba’zan takrorlakib kelib, shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo‘llanadi: Kim-kim keldi? Nimaolmoshi narsa yoki voqealarga nisbatan so‘roqni bildiradi va quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) otlar kabi egalik, kelishik va ko‘plik ko‘shimchalarini olib, so‘roq ma’nosini yoki noaniq narsa ma’nosini ifodalaydi. Shunga ko‘ra, bu xildagi so‘zlar ishtirok etgan gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra so‘roq yoki darak gap bo‘lishi mumkin: Siz nimani yoqtirasiz? Nimadan gap ochishini bilmay turdi; atiladigan olmoshlar so‘roq olmoshlari deyiladi.
So‘roq olmoshlari shaxsga (kim), narsaga (nima), belgiga (qaysi, qanday), miqdorga (necha, qancha), vaqtga (qachon), maqsad va sababga (nega, nimaga) va o‘ringa (qani) munosabat bildirishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.
Ш. Шоабдураќмонов, М.Асљарова, А.Ќожиев, И.Расулов, Х.Дониёров Ќозирги њзбек адабий тили. 1-љисм .Т., «Њљитувчи» 1980. Њзбек тили грамматикаси. 1-том. Т., «Фан» 1975. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Раќматуллаев Ќозирги њзбек адабий тили. Т., «Њљитувчи» 1992. М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Њзбек тили. Т., «Њљитувчи» 1978.