Belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakli va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsplariga, qayta ishlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslararo hamda vositalarning o’zaro bog’langan majmuiga Axborot tizimi deyiladi. Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi axborotni izlash, uni qayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish masalalarini hal qilish kiradi. Kompyuterlarni takomillashuvi dunyodagi barcha o’zgarishlarni o’z ichiga qamrovchi yagona axborot tizimini yaratishga imkoniyat yaratdi. Tizim deganda, yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatadigan bir necha turdagi elemetlar majmui tushuniladi.