Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Tonnelni ekspluatatsiya qilish sharoitlarini quyidagi loyihadan chetlanishlar qiyinlashtiradilar



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə17/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ko\'prik Amaliy ish

Tonnelni ekspluatatsiya qilish sharoitlarini quyidagi loyihadan chetlanishlar qiyinlashtiradilar:
- burg‘ilash-portlatish usulida tonnel qazishda ba’zi bo‘laklarda qoplama perimetri bo‘yicha sezilarli darajada ortiqcha grunt qazishlar kuchlanishlar konsentratsiyasi va qoplamada yoriqlar hosil bo‘lishiga olib keladi;
- yig‘ma qoplamalarning aylana ko‘rinishdan og‘ishlari (xalqalar ellipsligi) ular yuk ko‘tarish qobiliyatini pasaytiradi;
- qoplama ortida g‘ovaklar mavjudligi geologik omillar (karst hosil bo‘lishlari, eruvchi gruntlar va b.) va qoplama ortiga sement-qum yuborish sifatiga bog‘liq bo‘lib, ular beton qoplamada sinib tushishlar va jadal yoriq hosil bo‘lishiga olib keladilar;
- qoplamani betonlash jarayonidagi tanaffuslarda hosil bo‘luvchi “sovuq choklar” qoplama orqali suv kirishiga sabab bo‘ladilar. Betonlashda texnologik tanaffuslar mavjud hollarda, suv mavjud bo‘lganda shishadigan “shponkalar” yoki zichlashtiruvchi pastliklardan foydalanib, kerakli choklarni germitizatsiya qilishni ko‘zda tutish zarur.
Tonnelni ekspluatatsiya qilish tartibi temir yo‘l magistrallaridagi tortish turi, poezdlar va avtoyo‘l tonellaridagi avtotransport harakati jadalligi, o‘rnatilgan harakat tezligi va boshqalardan tashkil topib, bu omillar butun inshootning ish sharoiti va uning texnik holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, ichki yonish dvigatellaridan chiquvchi gazlar betonga zararli ta’sir ko‘rsatib, uning kimyoviy parchalanishi va asta-sekin qatlamlab buzilishiga olib keladilar.
Tonnellardagi degradatsion jarayonlar tezligi nafaqt poezdlar va avtotransport harakati tezligi va jadalligiga, shuningdek bu jarayonlarni chuqurlashtiruvchi quyidagi omillarga bog‘liq:
- konstruksiyaga suv kirishi va tonnel havosining ortiqcha namlanishi;
- tonnelni qoniqarsiz shamollatish;
- nuqsonlarning o‘z vaqtida yo‘qotilmasligi;
Nuqsonlarni yo‘qotish ishlari, suvchiqarish va quritish tadbirlari va qurilmalarni texnik ta’minotining o‘z vaqtida bajarilmasligi.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin