Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Tonnel kitobi quyidagi broshyuralangan va numerlangan blanklardan tashkil topadi



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə22/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ko\'prik Amaliy ish

Tonnel kitobi quyidagi broshyuralangan va numerlangan blanklardan tashkil topadi:
- tonnel sxemasi;
- tonnel tavsifi;
- inshoot tarixi;
- devorlar, gumbazlar va ravoqlar;
- tonnel ichidan suv qochishi va qurilmalar;
- qatnov qismi va gabaritni tekshirish;
- ta’mirlash va qurilish ishlari;
- inspeksiya qiluvchi shaxslar yozuvlari.
Tonnel kitobidagi “Tonnel sxemasi” blankida quyidagilar aks ettiriladilar:
- qoplama turi va halqalar numerlari, ko‘rsatilgan tonnel sxemasi;
- ko‘ndalang kesimlar;
- qatnov qismi profili va rejasi.
Tonnel kitobidagi “Tonnel tavsifi” blankida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladilar:
- tonnel qurilgan yil;
-tonnel uzunligi;
- o‘tish gabariti;
- harakat tasmasi soni;
- qoplama materiali;
- suvchetlatish va shamollatish qurilmalari, ta’minlash turkumlari va boshqa asbob-anjomlar tavsiflari.
Tonnel kitobidagi “inshoot tarixi” blankida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladilar:
- tonnel qurilishining o‘ziga hos tomonlari;
- sodir bo‘lgan avariyalarva buzilishlar;
- o‘tkazilgan tuzatish va kapital ta’mirlash ishlari;;
- tonnel suvlanishiga qarshi kurash chora-tadbirlari;
- harakat tezligini chegarash tadbirlari bo‘yicha uining sabablari, muddatlar va bu chegaralanishlarni olish uchun o‘tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumotlar.
Tonnel kitobidagi “Devorlar, gumbazlar va ravoqlar” blankidagi qanday ma’lumotlar keltiriladilar:
- tonnel devorlari, gumbazlari, ravoqlarini qo‘rishdan o‘tkazishda aniqlangan shikastlanish va buzilishlarning batafsil tavsiri:
- ilgari bajarilgan ko‘rikdan o‘tkazishlarda aniqlangan nosozliklarning holatlari va bajarilgan tuzatishlar tavsiloti;
- bajarilishi zarur bo‘lgan ta’mirlash ishlari va hajmlari.
Tonnel kitobidagi “Tonnel ichida suv qochishi va qurilmalar” blankida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladilar:
- suv chetlatish lotoklari, drenajlar, yo‘laklar, galereyalar, quduqlar, ravoqoldi o‘yiqlari, tonnel usti yuzasi, shamollatish kollektorlari, shaxta naylarining ko‘rikdan o‘tkazish natijalari,
- ilgari bajarilgan ko‘rikdan o‘tkazishlarda aniqlangan nosozliklarning holatlari va bajarilgan tuzatishlar tafsiloti;
- bajarilishi zarur bo‘lgan ta’mirlash-tuzatish ishlari va hajmlari.
Tonnel kitobidagi “qatnov qismi va gabaritni tekshirish” blankida qatnov qismi va o‘tish gabaritini tekshirishning natijalari belgilanadilar. Tonnel qoplamasi ko‘rinishining ro‘y bergan barcha o‘zgarishlari tegishli Tonnel halqalarining ko‘ndalang kesimlari chizmalarida ko‘rsatiladilar.
Tonnel kitobidagi “Ta’mirlash va qurilish ishlari” blankidagi Tonnelni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot yoki jalb qilingan maxsus qurilish tashkiloti tomonidan bajarilgan barcha tonnelni ta’mirlash va qurilish ishlari aks ettiriladilar.
Tonnel kitobidagi “Inspeksiya qiluvchi shaxslar yozuvlari” blankiga inshootni ko‘rikdan o‘tkazuvchi va tonnel kitobi olib borilishi to‘g‘riligini tekshiruvchi yo‘l boshqarmasi va yuqori tashkilotlar xodimlarining yozuvlari kiritiladilar.
Tonnel kitobining to‘g‘ri olib borilishiga tonnel ustasi javob beradilar. Tonnel kitobidagi yozuvlar har bir joriy, davriy yoki maxsus ko‘rikdan o‘tkazishdan so‘ng, shuningdek tonnel holatidagi qandaydir o‘zgarish aniqlangan barcha holatlarda amalga oshiriladilar. Tonnelda nosozliklar mavjud bo‘lmagan hollarda inspeksiya qiluvchi shaxs tonnelga kitobning tegishli blankalarida “Nosozliklar yo‘q” degan belgi qo‘yadi. Tonnel kitobidagi yozuvlar tonnelda nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishda muhim tayanch axborot hisoblanadilar.
Sun’iy inshoot ishi ishlarni bajarish va boshqa chizmalar va ularga tushuntirish xatlari, Tonnelni ekspluatatsiya topshirishda olingan boshqa texnik hujjatlardan iborat bo‘lib, bu hujjatlar ro‘yxati bilan birga tonnelni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotda saqlanadi. Unga shuningdek, statsionar kuzatuvlar materiallari, o‘zgarishlar aktlari va hisobotlari, suvlanish grafiklariva tonnel qoplamasining undagi nuqsonlar ko‘rsatilgan yoyilma (razvetka) si ham joylashtiriladilar.
Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin