Amaliy ish №14. Risk qaytarilishini ehtimollik-statistik baholash usullari Risk tahlili uchta aspektni o‘z ichiga oladi:
- riskni identifikatsiyalash;
- avariyaviy holatlar qaytarilishining tahlili;
- risk oqibatlarining tahlili.
Riskni identifikatsiyalash (qanday yomon hodisalar bo‘lishi mumkin?) quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- tabiiy risklar;
- texnik risklar;
- shartnomaviy risklar;
- mablag‘ risklari;
- tashkiliy risklar;
- siyosiy risklar.
Tabiiy risklar quyidagilardan iborat:
- yer qimirlashni inobatga olish;
- suv toshishlarni inobatga olish va b.
Texnik risklar quyidagilardan iborat: - loyihalashdagi hatolar;
- qurilish texnologiyasidagi hatolar;
- asbob-anjomlarni noto‘g‘ri tanlash;
- qurilish-montaj ishlarida yo‘l qo‘yilgan hatolar;
- sifatsiz xomash’yo va materiallardan foydalanish;
- texnologik tartiblar va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik;
- kasbiy javobgarlik.
Shartnomaviy risklar quyidagilargan iborat: - majburiyatlarni bila turib yoki bajarmaslik;
- rahbariyatdagi siyosiy yoki mavjud holatning o‘zgarishi;
- prioritetlarning o‘zgarishi.
Mablag‘ risklari quyidagilardan iborat: - kutilmagan iflyatsiya;
- soliqlar miqdorining oshishi;
- buyurtmachilarning to‘lovlarni bajarmasligi;
- valyuta kursining keskin o‘zgarishi.
Tashkiliy risklar quyidagilardan iborat: - ishlab chiqarishni boshqarishdagi kamchiliklar;
- ish hajmlarini xato aniqlash.
Siyosiy risklar quyidagilardan iborat: - siyosiy hukumatning barqaqror emasligi;
- qonunchilikdagi o‘zgarishlar;
- ichki sotsial qarama-qarshiliklar.
Avariyaviy holatlar qaytarilishi (bu holatlar qancha tez sodir bo‘lishlari mumkin?) ning tahlili quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- miqdoriy tahlil;
- sifat tahlili;
Miqdoriy tahlil matematik statistika va ehtimollik nazariyasi usullariga asoslanib, mavjud statistik ma’lumotlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda riskning matematik ko‘rinishini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
P = n / N
Bu yerda:– xavfning noqulay paydo bo‘lishlari soni;– ma’lum vaqt davomida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xavfning noqulay paydo bo‘lishlari soni.
Risk qaytirilishini ehtimollik-statistik baholash uchun, transportdagi avariyalar bilan bog‘liq bo‘lan har bir holatni, tegishli xulosalar chiqarilgan va zarur tartiblar aniqlangan o‘rganish materiallaridan foydalanish mumkin.
Sifat tahlili xavflarni tahlil qilish va ekspert baholashning sifat usullarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Risk oqibatlari (qanday oqibatlar ro‘y berishi mumkin?) ning tahlili quyidagilarni aniqlaydi:
- minimal vaqt, ash’yoviy va mablag‘ sarfi bilan tuzatiladigan oqibatlar;
- buyurtmachi imkoniyatlariga mls keluvchi harajatlar bilan tuzatiladigan oqibatlar;
- ekologik, sotsial va texnogen omillar bilan bog‘liq tuzalmaydigan oqibatlar.
Riskning to‘la tahlili asosida qaralayotgan holatga mos keluvchi risk darajasi aniqlanadi. Bu ko‘rsatgichni noma’qul hodisadan kutilayotgan zarar miqdorining matematik ko‘rinishi sifatida ifodalash mumkin.
Aniqlangan risk darajasi asosida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararni bartaraf etish, javobgarlikni loyihachilar, quruvchilar va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar orasida taqsimlash bo‘yicha tadbir va takliflar ishlab chiqiladi.
Barcha risklarni boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘lish mumkin.
Boshqariluvchi risklar – bu ularni baholash va oqibatlarini prognoz qilish mumkin bo‘lgan risklardir. Bu risklarga loyihada ko‘zda tutilishi lozim bo‘lgan yer qimirlashlar, suv toshqinlari kabi tabiiy risklar va muhandis-geologik sharoitlarni baholash va loyihalashdagi xatolar, qurilish texnologiyasining kamchiliklari, sifatsiz ash’yolar, asbob-anjomlarni noto‘g‘ri tanlash kabi texnik risklar kiradilar.
Boshqarilmayligan risklarga vaqtinchalik iqtisodiy va siyosiy barqarorsizlik tufayli sodir bo‘lgan risklar kirib, ularni bartaraf etish yoki kerakli darajagacha pasaytirish mumkin emas. Shuning uchun ularni mablag‘ bilan ta’minlash zarur.