Amaliy ish №1. Ko‘prik va sun’iy inshootlarni ekspluatatsiya qilish davrida nosozliklar


Amaliy ish №16. Ekspluatatsiya qilinayotgan tonnel pasporti va qabul qilib olingan texnik hujjatning asosiy ma’lumotlari



Yüklə 101,16 Kb.
səhifə21/22
tarix12.06.2023
ölçüsü101,16 Kb.
#128886
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ko\'prik Amaliy ish

Amaliy ish №16. Ekspluatatsiya qilinayotgan tonnel pasporti va qabul qilib olingan texnik hujjatning asosiy ma’lumotlari
Har bir ekspluatatsiya qilinayotgan tonnel uchun quyidagi texnik hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lishlari zarur:
- tonnel pasporti;
- tonnel kartochkasi;
- tonnel kitobi;
- sun’iy inshoot ishi.
Tonnel pasporti tonnelni ekspluatatsion nazorat qilish uchun zarkr bo‘lgan, bosh pudratchidan qabul qilib olingan texnik hujjatning asosiy ma’lumotlaridan tashkil topgan. Bu hajjatlar quyidagilardan iborat:
- geologik kesim;
- qoplama turlari, halqalar raqami; ko‘rsatilgan tonnelning bo‘ylama profili;
- muhandis-geologik va gidrogeologik sharoitlarning qisqacha tafsifi;
- tonnel usti yuzasi va unga kirish bo‘laklari rejasi;
- sub’ektlanish qurilmalari, signalizatsiya, xabar berish, yoritish va shamollatish qurilmalari haqida ma’lumotlar.
Kelajakda tonnel pasportiga uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish natijasida hosil bo‘lgan o‘zgartishlar kiritiladilar.
Tonnel kartochkasi inshoot haqidagi asosiy texnik tavsiflar va ma’lumotlardan tashkil topadi. Uni tonnel ustasi o‘rnatilgan formula bo‘yicha inshootning mavjud holati bilan solishtirilgan texnik hujjatlar ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi. Kartochka to‘ldirilishining to‘g‘riligi tonnelni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbarlari tomonidan nazorat qilinadi va tasdiqlanadi. Tonnel kartochkasi uch nus’hada to‘ldirilib, burinchisi tonnel ustasida, ikkinchisi tonnelni eksplutatsiya qilish tashkilotida, uchinchisi avtomobil va temir yo‘lni ekspluatatsiya qilish uchun mutasaddi Respublika muassasasida (masalan “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK).
Har yil ohirida tonnel ustasi tomonidan tonnel kartochkasiga yil davomida o‘tkazilgan ta’mirlash-tuzatish ishlari natijasida hosil bo‘lgan o‘zgartishlar kiritiladilar. Shuningdek, pasport kartochkasiga tonnelning kapital ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilishdan so‘ng texnik ko‘rsatgichlari aniqlanib kiritiladilar.
Tonnel kitobi – tonnel holati haqidagi ma’lumot kiritilib beruvchi eng muhim texnik hajjatdir. Unda tonnelni kesishuvga kiruvchi barcha inshoot va qurilmalarning joriy holati, shuningdek, nazorat natijalari va bajarilayotgan ta’mirlash-tuzatish ishlarining maqsadga muvofiqligi qayd etib boriladi. Tonnel kitobi uzunligi 100m va undan katta bo‘lgan har bir tonnel uchun alohida, shuningdek boshqa sun’iy inshootlar uchun – bitta yoki bo‘laklar bo‘yicha bir nechta tonnel kitoblari tutiladi.

Yüklə 101,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin