9
- bloknot va cho’ntak kompyuterlari (noutbuk, la’ptop’, ‘almto’),
Super kompyuterlar (top 500 kompyuterlar) - juda katta tezlikni talab
qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Bunday masalalar sifatida ob-havoni global, bashoratiga oid masalalarni, uch
o’lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o’rganish masalalari, global
informatsion tizimlar va hokazolarni keltirish mumkin.
Bu kompyuterlar bir
sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Misol sifatida AQSh energetika vazirligining
Sandia laboratoriyasida o’rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuterini
keltirish mumkin. Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro
qurollarini modellashtirishda qo’llaniladi.
Katta kompyuterlar (Manframe Compyuter) - fan va texnikaning turli
sohalariga oid masalalarni yechishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi
va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga
misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES
/
9000,
Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi
jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki,
ularning gabariti (hajmi) tobora ihchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik
joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor
yaratilgan ‘D’-11 (P‘rogramm Driver p‘rocessor - dasturiy boshqaruv prosessori)
turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX,
SUN
turkumli kompyuterlar, IBM 4381, hewlett packard firmasining hP 9000 va
boshqalar minikompyuterga misol bo’la oladi. Shuni aytish joizki,
minikompyuterlar o’zlarining «katta og’alari» Manframe kompyuterlarni
imkoniyatlari darajasiga ko’tarilib bormoqda.
Shaxsiy
kompyuterlar
hozirda
korxonalar,
muassasalar, oliy o’quv yurtlarida keng tarqalgan bo’lib,
ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
2-Rasm.
10
Bugungi kunda pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng
tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda.
Bular IBM, Compaq, hewlett-packard, packard Bell, Toshiba, Appsle,
Siemens
Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. shuni aytish joizki,
yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan
kompyuterlar (bradename) - «Oq yasalgan», Janubiy-sharqiy
mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tailand, Koreya va boshqa
mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab
chiqarilgan kompyuterlar «Sariq yasalgan» nomga ega.
Firma nomlari
ko’rsatilmagan kompyuterlar esa «nomsiz kompyuterlar» (noname)deb yuritiladi. 3-
Rasm.
Noutbuk kompyuterlar(yozuv kitobchasi). Noutbuk kompyuterlar hajmi
ancha ixcham bo’lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy
kompyuterlar darajasiga ko’tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri
ham elektr energiyasidan va ichiga o’rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz
(batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir.
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o’zi zaryad ola boshlaydi
va u batareya bir necha yillarga mo’ljallangan bo’ladi. Hozirda bunday noutbuklarni
IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda.
Tabiiyki,
bunday kompyuterlar o’z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga
tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo’lishini sezish qiyin emas.
Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan
ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan amaliyot
tizimlar MS DOS, qobiq dasturlar, Windows ning oxirgi
lahzalarida va boshqa
amaliyot tizimlar boshqaruvida ishlaydi.
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho’ntak kompyuter
(la’ptop)lari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, amaliyot tizimi
boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir.
11
la’ptop kompyuterlari. Tizzada ishlatib o’tirishga qulay va yengilligi bilan
nootebook kompyuterlaridan farq qiladi [1,2,3,]
1
.
Dostları ilə paylaş: