SICHQONCHA
Sichqoncha ma’lumotlarni kompyuterga kiritish va u bilan
muloqot qilish vazifasini tezroq amalga oshirishni taxminlaydigan
qurilmadir 6-Rasm. Usiz kompyuterda xususan, amaliyot tizimida
ishlab bo’lmaydi. U yordamida amaliyot tizimga va uning
boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar kiritiladi. Sichqoncha odatda
ikki yoki uch tugmaali bo’ladi: chap, o’ng va o’rta yoki g’ildirakchali. Chap va o’ng
tugmaalar dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap tugmaa yordamida
asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O’ng tugmaa kontekst
tavsiyanoma deb ataluvchi oynadagi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi.
Kontekst tavsiyanomaning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish
bilan bog’liq. O’rta tugmaa yoki g’ildirakcha hozirda xususan, varaqlash (Page
Down, Page Up amaliga o’xshab) maqsadlari uchun qulay.
Sichqoncha birinchi navbatda ko’rsatish vazifasini bajaradi. Agarda biror
ob’ekt ko’rsatgandan keyin, chap tugmaacha bosilsa, o’sha ob’ekt ishlash uchun
tayyor bo’lib turadi. Ko’rsatilgan ob’ekt ustida, sichqonchaning chap tugmaasi ikki
marta bosilsa, ko’rsatilgan ob’ekt ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap
tugmaasini ikki marta ketma-ket bosish operasiyasi, bu operasiyani bir marta chap
tugmaani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo’ladi
3
.
Ekranda ko’rsatilgan ob’ektni surish yoki ko’chirish uchun, sichqoncha
ko’rsatkichini ko’rsatilgan ob’ekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap tugmaasi
bosiladi va tugmaani qo’yib yubormasdan, ob’ektni yangi joyga suriladi va
sichqoncha tugmaasi qo’yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi
ob’ektlarni sichqonchaning ham chap, ham o’ng tomonda joylashgan tugmaalar
3
M.Payk, D.Gibbоns,D.Fоks,A.Vestenburg ,D. Kreven. Internet (entsiklоpediya, rus tilida),S.-Peterburg,
1996,635b
16
bilan ko’chirish mumkin.
Klaviatura
Klaviatura matnli ma’lumotlarni kompyuterga qo’lda
kiritadigan va u bilan muloqot qilish vazifasini o’taydigan
qurilmadir. Uning yordamida amaliyot tizimiga va uning boshqaruvi ostida
ishlaydigan dasturlarga buyruqlar va dasturlarga kerak bo’lgan ma’lumotlar
kiritiladi. 7-Rasm.
Windows tizimida oson ishlashni yo’lga qo’yish uchun yaratilgan
klaviaturalar odatda 101, 104, 108 yoki 109 tugmalardan iborat bo’ladi.
O’z vazifalariga ko’ra tugmalar beshta guruhga bo’linadi:
-
Alifbo harflari va sonlarni kiritadigan tugmalar.
-
Kursorni boshqarish tugmalari.
-
Funksional tugmalar.
-
Sonlarni kiritadigan aloxida tugmalar.
-
Xizmatchi tugmalar.
Eng katta guruh - birinchi guruh bo’lib, ular yordamida rus va lotin katta-
kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi.
Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo’lmagan tugmaning nomi Spacerbar
yoki Space deb ataladi va bo’sh joy belgisini kiritishga mo’ljallangandir. Boshqa
tugmalar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga)
qarab turli belgilarni kiritishga mo’ljallangan.
Pastki registrda kichik yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi
4
.
Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun
maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab
turgan bo’lsa, unda kursor o’chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning
ustiga tushadigan to’rtburchakka o’xshaydi va matn kursori deb nomlanadi.
4
A.Sh. Daliev, B.J. Bоltaev, M. Maxkamоv. Infоrmatika va xisоblash texnikasi asоslari. 11- sinf uchun
kullanma. Tоshkent 1999.
17
Agarda ekran grafik holatda ishlab turgan bo’lsa, unda kursor yonib-o’chib
turadigan gorizontal chiziqchaga o’xshaydi. Xullas kursor ko’rinishi holatga qarab
o’zgaradi.
Kursorni boshqarish tugmalari ←, →, ↑, ↓ home, End, PageUp, PageDown,
BackSpase va Enterlardan iborat bo’lib, ular matn ko’rsatkichini joyini
o’zgartirishga yordam beradi
F1 dan F12 gacha bo’lgan tugmalar funksional tugmalar deb nomlanadi.
Dastur tuzilishiga qarab, ushbu tugmalar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular
12 ta bo’lishiga qaramasdan, ko’pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda F1
tugmasi yordamchi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik).
Num Lock (sonlarni saqlash) - sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni
kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslaydi. Sonlarni kiritish tugmalari ikki
holatda ishlashi mumkin:
-
sonlarni kiritganda,
-
kursorni boshqarishda.
Ikki holatning biridan ikkinchisiga o’tishni Num Lock (mahkamlash bilan)
yoki shift tugmai (mahkamlash kerak emas) bajaradi. Bunda Caps Lock tugmai
sonlarni kiritish klaviaturasiga ta’sir ko’rsatmaydi.
Sonlarni kiritish paytida sonlarni kiritish klaviaturasi kalkulyatorning
klaviaturasiga o’xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun
qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog’i yonib turishi kerak,
agarda Num Lockni ko’rsatuvchi chiroq o’chgan bo’lsa, ushbu kichik klaviatura
bilan matn kursorini boshqarish mumkin.
Hizmatchi tugmaalarga qo’yidagilar kiradi:
Ctrl (
Control
- boshqarish) - boshqa tugma bilan birga bosilganda, o’sha
tugmaning vazifasi o’zgaradi.
ALT (Alternative - o’zgartiruvchi) - bu tugma ham boshqa tugmalar bilan
birga bosilganda, o’sha tugmaning ish vazifasini o’zgartiradi.
Print Screen (ekrandagini chop etish) - ushbu tugma ekranda bo’lgan
ma’lumotni printerga chiqarib beradi yoki bufer xotiraga joylaydi.
18
PAUSE (vaqtinchalik to’xtash) - ushbu tugma bosilganda kompyuter o’z
ishini vaqtincha to’xtatadi.
TAB (tabulyatsiya) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar
haqida ketganda, kursorni o’ng tomonga, navbatdagi maxsus ko’rsatilgan
(belgilangan) nuqtaga (pozisiyaga) suradi. Bu tugmaning qulayligi shundaki, uning
yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda ham belgilangan
pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Tugmalarni yuqori registrda bosganda,
kursorni chap tomonga, belgilangan pozisiyaga surish mumkin.
Caps Lock (katta yoki kichik harflarga o’tish tugmasi) - yuqori registrga o’tish
imkonini yaratib beradi. Haqiqatdan esa ushbu tugma faqat harflar terish
tugmalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi, katta harflar kiritish imkonini yaratib beradi. Bu
tugmani bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish maqsadida
klaviaturaning o’ng burchagida yonib turadigan indikatorlar joylashgan. Bu
indikatorlar holatni ko’p vaqt davomida saqlab turadigan tugmalar bilan bog’langan.
Shularning ichida bittasi Caps Lockka tegishli.
Scroll Lock (surishni saqlaydi) - bu tugma yordamida kursorni harakatga
keltirmoqchi bo’lsangiz, kursor ekranga sakraydi. Bu tugma ham o’z holatini
mustahkamlash (fiksatsiya) bilan bajaradi.
Shift (surish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha,
pastki registrdan yuqori registrga o’tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock
tugmaining holati bilan bog’langan. Bu tugmaning xizmati vaqtinchalik bo’lganligi
sababli, boshqa tugmalarning xizmatini o’zgartirish kerak bo’lsa, ularni bosish
paytida shift tugmasi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Esc (bekor qilish) – bu tugma ayrim buyruqlarni bekor qilish uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |