Amaliy mashg’ulot №1 Mavzu: Zamonaviy o’quv-texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish



Yüklə 234,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü234,26 Kb.
#186980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-amaliy mashg‘ulot

IBM 
kompyuterlariga moslik
shartini bajaradigan boshqa firmalar: AMD, Cyrix, Celeron 
va hokazo ishlab chiqqan mikroprotsessorlar ham keng qo’llaniladi. Ammo boshqa 
firmalar ishlab chiqqan mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman aytganda 
kuchsizroq hisoblanadi. Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng qo’llaniladi. 
Protsessorlarning tezligi megagertslar (Mgts) sekundda o’lchanadi
2

MMX pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 
1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication 
Extension) pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor 
matrisalarni ko’paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo’lsa, keyinchalik 
MultiMedia Yextension-mulitimedia uchun kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi 
protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda ommaviy qo’llanilib 
borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har 
tomonlama barkamollik darajasiga ko’tarish multimedia amaliyotlarni tez bajarishni 
taxminlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki 
va uch o’lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor 
ko’paytirish va qo’shish amallarini ko’proq ishlatadigan amaliy dasturlarda 
amallarni tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko’proq matematik 
soprotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog’liq 
masalalarni yechishda qo’llash maqsadga muvofiq bo’lsada, tajribalar uning har 
tomonlama ustunligini ko’rsatadi. 
Monitor 
2
M.Aripоv . Infоrmatika va xisоblash texnikasi asоslari buyicha inglizcha 
kiskartmalarning inglizcha-ruscha-uzbekcha lugati.Universitet nashriyoti., 2001.


14 
Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash 
(ko’rish) uchun xizmat qiladi. Uning elektron-nurli (SRT - Cathode 
Ray Tube) va suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD - 
Liquid Crystal Display) ko’rinishlari mavjud. Garchand tashqi 
ko’rinishidan u televizorga o’xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari 
bilan keskin farq qiladilar. 5-Rasm. Monitorlar rangli va rangsiz 
bo’ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham 
ba’zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) so’zlarini uchratish mumkin. 
Lekin ularning inson organizmiga ta’siri tobora kamayib boradigan rusumlari 
yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyuymli SVGA 
(SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda nurlarning 
ta’sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy 
tavsiflaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning 
gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyuymli (36.56 
sm) monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyuymli (38.1 sm) monitorda 
1024x768, 17 dyuymli (43.2 sm) monitorda 1280x1024 va 21 dyuymli (53.54 sm) 
monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir tavsifi tasvirlarni 
hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o’lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash 
qobiliyati 800x600 ga teng bo’lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31mm ga, 
1024x768ga teng bo’lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo’lishi 
kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog’liq bo’ladi. Matn holatida 
monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini 
oshirish yo’llari ham mavjud. 
Hozirda monitorlarning suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD) 
ko’rinishdagilari keng tarqalmoqda. Bunga sabab uning zararli nur tarqatib inson 
ko’ziga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi xamda kam energiya sarfidir. Bundan tashqari 
bunday monitorlar satxi o’ta tekis bo’lib, unda tasvirlar buzilmasdan ko’rinadi. 
Shuningdek hozirda plazmali monitorlar ham ishlab chiqarish yo’lga 
qo’yilmoqda. U ichi inert gazi bilan to’ldirilgan, sathi tekis shisha idish shaklida 
bo’lib ichki sathida esa minglab mayda elektrodlar joylashtiriladi. Har bir elektrod 


15 
esa monitor ekranining bitta pikselini tashkil etadi. U ham inson uchun zararli 
bo’lgan nur tarqatmaydi. Suyuq kristalli monitorlardan farqi uning katta dioganalli 
ko’rinishlarini ham yaratish imkoniyati mavjud. 

Yüklə 234,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin