20
Skaner. Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga
kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. 9-
Rasm. U hozir asosan rangli ko’rinishda chiqarilayapti. Uning
andozasi sifatida HP (hewlett packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet
rusumli skanerlar qabul qilingan. Uning asosiy tavsifi ma’lumotlarni aniq, tiniq,
lozim bo’lgan rangda (xususan qora rangli) ko’rinishda chiqarish qobiliyatidir.
Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar)
soni orqali belgilanadi.
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus
obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto
qo’lyozmani ham tanish qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei
Form nomlari bilan ataladi.
Strimmer. Ma’lumotlarni kassetali tasma ko’rinishidagi
xotira qurilmasiga yozish va undan o’qish uchun ishlatiladigan
moslama. 10-Rasm.
Proyektor. Kompyuterdagi ma’lumotlarni proyektsion ekranda kattalashtirib
ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: