TK - tayanchkompetensiyalar 1. TK1 - kommunikativ kompetensiya
2. TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
3. TK3 - o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
4. TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5. TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya
6. TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
FK - fanga oidkompetensiyalar 1. FK1 - matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya
2. FK2- kognetiv kompetensiya
O‘quvchilardashakllantiriladigan tayanchkompetensiya elementlari: Kommunikativkompetensiya: A1 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish;
matematik qoidalarni yoddan ayta olish;
matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish, tegishli munosabat bildira olish.
A1+ matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish, mazmunini aytib bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik
ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topa olish;
axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish.