Amaliy mashg‘ulot 1-modul


-MODUL. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA M



Yüklə 14,04 Mb.
səhifə5/61
tarix07.01.2024
ölçüsü14,04 Mb.
#203354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
matmetodika

1-MODUL. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISHNING UMUMIY MASALALARI
1-MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI TAHLILI
Mashgulot rejasi:
1. Davlat ta’lim standarti haqida tushuncha.
2. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining maqsad va
vazifalari.
3. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari.
Mashgulotning maqsadi: talabalarga boshlang‘ich sinflar matematika ta’limi mazmuni, tuzilishi xususiyatlariga oid konikma va malakalarini mustahkamlash, boshlangich sinflar uchun matematikadan davlat talim standarti (2017-yil tasdiqlangan )ni puxta o‘zlashtirishni ta’minlash.
Tayanch tushunchalar: davlat talim standarti, fan, oquv dasturi, darslik, metod, metodika, orgatish, oqitish, bilim, konikma, malaka, predmet, maqsad, vazifa, fanlararo bogliqlik.
Dars materiallari: DTS.Vazirlar mahkamasining 2017-yil 6- apreldagi 187-son qarori.
Adabiyotlar
1. Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik). -Toshkent: “Turon-Iqbol” 2016-yil. – 426 b.
2. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi (OO‘Y uchun darslik). –Toshkеnt: “Fan va texnologiyai”, 2005-yil.
3. Jumayеv M.E. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish
mеtodikasidan praktikum (O O‘Y uchun). –Toshkеnt: “O‘qituvchi”,
2004-yil.
4. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. –Toshkеnt: “Yangi asr avlodi”, 2006-yil. -20 b/t.
5. Tadjiyeva Z.G., Abdullayeva B.S., Jumayev M.E., Sidelnikova R.I., Sadikova A.V. Metodika prepodavaniya matematiki. -T.: “Turon- Iqbol”, 2011. -336 s.


1.1. Davlat ta’lim standarti haqida tushuncha.


Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga
asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017-yil
15-martdagi 140-son qarori;
O‘zDSt 1.0-98. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
O‘zDSt 1.1-92. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z DSt 1.5-93. “Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi”;
O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi.
Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
“Standart” so‘zi inglizcha bo‘lib, “nusxa”, “o‘lcham”, “me’yor”
degan ma’nolarini anglatadi.
Standart, standartlashtirish me’yorlari tushunchalari DTS ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat koʻrsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, nizomlar, o‘quv rejasi va boshqa me’yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. DTSni, uning talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysinishdan qat’iy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTSning tarkibiy qismi sifatida umumiy o‘rta (kasb – hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o‘quv reja ta’lim sohalarini me’yorlash hamda ta’lim muassasalarining moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo‘luvchi davlat muassasalarining moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo‘luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o‘quv rejasi o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.



Yüklə 14,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin