Tinch holatda va jismoniy ishdan keyin odamda pul`sni aniqlash.
Ishdan maqsad: odamda pulsni aniqlash metodini o`zlashtirish.
Ish uchun kerakli jihozlar: sekundametr.Tekshirish ob’ekti inson.
Ishni bajarish tartibi.Guruhdagi talabalar ikkitadan mayda guruhlarga bo`linishadi.Biri eksperimentator, ikkinchisi tekshiriluvchi ob’ekt bo`lib hisoblanadi. eksperimentator o`ng qo`lining to`rtta barmog’i yordamida tekshiriluvchining bilak arteriyasini topib, bir minutda puls sonini sanaydi.Bu holat uch marta takrorlanib o`rtacha puls soni aniqlanadi.So`ngra 20-30 marta o`tirilib turiladi, ya`ni jismoniy harakat qilinadi va yana pul’s soni aniqlanadi.