Amaliy mashg’ulоt №1 Somatometrik ko`rsatkichlarni aniqlash. Tana konstitutsiyasini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə26/37
tarix09.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#56832
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
yosh fiz fizika matem AMALIY QISMI

Amaliy mashg’ulоt №7

O`pkaning tiriklik sig`imi va nafas chastotasini aniqlash. Kardiorespirator indeksi bo`yicha organizmning chidamliligini aniqlash.
Mashg’ulot maqsadi: O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlash.Organizm chidamliligini aniqlash.

Nazariy tushuncha. Odam tinch nafas olganda 300-500 dan 900 ml gacha havo oladi va chiqaradi. Bu havo nafas havosi deb ataladi. Normal nafas olgandan keyin yana qo‘shimcha 1500 ml havo olishi mumkin bo‘lib, bu qo‘shimcha havo deb ataladi. Normal nafas chiqargandan keyin esa yana 1500 ml havo chiqarib yuborish mumkin. Buni esa nafas chiqarishning rezerv qismi deyiladi. O‘pkaning hayotiy sig‘imi deb chuqur nafas olgandan keyin chiqarilgan maksimall havo hajmiga aytiladi. Normada o‘pkaning tiriklik sig‘imi ayollarda 2700 ml, erkaklarda 3500 ml ga teng. Maksimal nafas chiqarib yuborilgandan keyin ham o‘pkada birmuncha havo qoladi. Bu qoldiq havo deb yuritilib, 1200 ml atrofida bo‘ladi. Spirometriya – bu o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash usulidir. Spirometr asbobi 2 ta silindrdan iborat. Tashqi silindrga belgisigacha suv to‘ldirilgan, ikkinchisi esa bo‘sh bo‘lib, asosiga havo to‘ldirilgan ballon biriktirilgan. Tashqi silindr orqali metall trubka o‘tkazilgan bo‘lib, u orqali tekshiriluvchi nafas oladi. Yengil nafas olish ham ballongacha uzatilib, ichki silindrni ko‘taradi. Hisob olib borish belgisi alohida ko‘rsatilgan.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin