Amaliy mashg‘ulot №2 Maktab biologiya fanlari bo’yicha yillik va taqvimiy ish rejalarini tuzish va tahlil qilish. Reja


Biologiya o‘quv dasturining tuzilishi



Yüklə 23,92 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü23,92 Kb.
#195510
1   2   3
2 amaliy

Biologiya o‘quv dasturining tuzilishi.

  • Biologiya kursining o‘quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda biologiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o‘quv fanlardan tashkil topganligi ana shu o‘quv fanlar mazmunidagi o‘zgarishlar qisqacha bayon etilgan. Xususan botanika V-VI sinflarda, zoologiya

  • VII sinfda odam va uning salomatligi VIII sinfda, umumiy biologiya o‘quv fani IX-XI sinfda o‘qitilishi qayd qilingan.

Biologiya kursining o‘qitishga oid metodik ko‘rsatmalarda «darsda va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda dalillar, xodisalar bilan cheklanmay, asosiy g`oyalar, tushunchalarning o‘quvchilar tomonidan puxta va ongli o‘zlashtirilishiga e`tiborni qaratish lozimligi qayd qilingan. Biologiya o‘qitishda asosiy g`oyalar bo‘lib «Organik olam evolyusiyasi», «Tirik tabiat tuzilishining turli darajalari», «Organ tuzilishi bilan funksiyasining o‘zaro bog`liqligi», «Biologik sistemalarning tabiiy muhit bilan bog`liqligi, o‘z-o‘zini boshqarishi», «Nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog`liqligi» hisoblanadi. Asosiy tushunchalar qatori o‘quv dasturiga «Evolyusion», «Sitologik», «Ekologik» tushunchalar kiritilgan.
O‘quv dasturidan ko‘zlangan yana bir maqsad ta`lim bilan tarbiyaning uyg`unligini amalga oshirishdan iborat. Biologiya o‘qitishda o‘qitiladigan mavzular mazmuni bilan uzviy bog`liq holda, o‘quvchilarning axloqiy, vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat berish lozimligi ta`kidlangan.
O‘quv dasturining metodik tavsiyalarida yana biologiyaning muammoli mavzularini o‘qitishda xur fikrlik an`analariga rioya qilish lozimligi, har bir dunyoqarashining o‘ziga xos ijobiy tomonlari, kamchiliklari o‘quvchilar ongiga yetkazilishi kerakligi aytib o‘tilgan.
Biologik o‘quv mavzularga o‘quvchilarning qiziquvchanligini oshirish uchun tabiiy-tasviriy, dinamik, sxematik ko‘rgazmali va audio, video vositalardan ta`lim berish jarayonida samarali foydalanish va o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini tashkil etish maqsadida faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etilgan.
O‘quv dasturning metodik tavsiyalarida nazariya bilan amaliyotni bog`lash uchun masalalar yechishga ham e`tibor qaratilgan. Shuningdek o‘quvchilarning bilimlarini, ko‘nikmalarini baholashda reyting usulidan foydalanish to‘g`risida ham ma`lumot berilgan.
O‘quv dasturida botanika o‘quv fani uchun 102 soat vaqt ajratilganligi va u V-VI sinfda zoologiya o‘quv faniga 68 soat vaqt ajratilganligi va u VII- sinfda o‘qitilishi, odam va uning salomatligiga 68 soat vaqt ajratilganligi va u VIII-sinfda o‘qitilishi va nihoyat, IX-XI sinflarda umumiy biologiya o‘qitilishi ta`kidlanadi.
O‘quv dasturida har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qitiladigan asosiy mavzular mazmuni, ularni o‘tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. O‘quv dasturida ana shu mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib o‘qitish kerakligi haqida ham ma`lumotalr berilgan. Bunda oddiy darslardan tashqari qaysi mavzular bo‘yicha laboratoriya mashg`ulotlarida amaliy ishlab ekskursiyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Masalan, maktab botanika o‘quv dastur bo‘limida gulli o‘simliklar bilan umumiy tanishish, hujayra, ildiz, poya, barg, o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi, gul, mevalar, urug`lar, o‘simlik yaxlit organizm, o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, gulli o‘simliklarning asosiy oilalari, o‘simliklar qoplami, manzarali o‘simliklar, Yerda o‘simliklar dunyosining paydo bo‘lishi kabi asosiy mavzular o‘tiladi.

Yüklə 23,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin