Amaliy mashg‘ulot №2 Maktab biologiya fanlari bo’yicha yillik va taqvimiy ish rejalarini tuzish va tahlil qilish. Reja


Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi



Yüklə 23,92 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü23,92 Kb.
#195510
1   2   3
2 amaliy

Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzilishi.

  • Maktab zoologiya darsligining muallifi professor O.Mavlonov bo‘lib, u 172 sahifadan, 60 paragrifdan iborat. Unda 134 ta rangli rasmlar bor. Har bir paragraf so‘ngida bilimlarni nazorat qilish uchun savollar va test topshiriqlar berilgan. Darslikda bilimlar berish bilan o‘quvchilarning ko‘nikma, malakalarini shakllantirishga ham e`tibor qilingan. Mazkur masala 5ta laboratoriya mashg`ulotlarida o‘z ifodasini topgan.

Zoologiya darsligi tuzilish jihatidan botanika darsligidan tubdan farq qiladi. Agar botanika darsligining 5-sinf uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallar morfologik, anatomik, fiziologik, ekologik bilimlar majmuasida tashkil topgan bo‘lib, 6-sinf botanika darsligida asosiy e`tibor sistematik tushunchalarning o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, zoologiya darsligida bir vaqtning o‘zida sistematik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik, gigienik bilimlar bayon etiladi. Zoologiya darsligining ikkinchi o‘ziga xos jihati xayvonlar bilan tanishish evolyusion prinsipi asosida amalga oshirilganligidir. Odatda zoologiya darsligi o‘quvchilarni umurtqasiz xayvonlarning bir hujayralilar yoki sodda xayvonlar vakillari bilan tanishtirishdan boshlanib, tosut emizuvchilarning eng yuksak vakillari bo‘lmish primatlar turkumi vakillari bilan yakunlanadi.
Odam va uning salomatligi.

  • Mazkur darslikning mualliflari professorlar B.Aminov, T.Tilovovlardir. Darslik 68 soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida yozilgan. U XVI bobdan, 55 paragrifdan tashkil topgan.

  • Darslikda «Kirish» dan so‘ng odam organizmi haqida umumiy ma`lumot, tayanch xarakatlanish sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar va energiya almashuvi, ayirish, ichki sekresiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, ko‘payish va rivojlanish, odamning paydo bo‘lishi to‘g`risida ma`lumotlar bayon etilgan.

  • Darslikda hujayraning tuzilishi, to‘qimalarga, suyaklarning tuzilishi, muskullarning dinamik xarakati va funksiyasini kuzatishga, odam qonining shaklli elementlarini o‘rganishga, qon ketganda birinchi yordam, ko‘krak qafasini, nafas olganda va chiqarilganda karbonat angidridni aniqlashga siydik ayirish organlarining tuzilishiga, markaziy nerv sistemasi tuzilishini o‘rganishga, ko‘rish o‘tkirligini aniqlashga oid laboratoriya mashg`ulotlarini o‘tkazish metodikasi yoritilgan.

Darslikda 92 rangli rasmlar, darslik so‘ngida o‘quv fani bo‘yicha test savollari va xotima berilgan. Darslikning ijobiy tomonlari haqida gapirib, uning o‘quv dasturiga to‘liq mos holda yozilgani, o‘tmishda va hozirgi davrda ijod qilayotgan olimlarning fanga qo‘shgan xissalari, respublikadagi ob-havo sharoitini e`tiborga olgan holda keng tarqaladigan kasalliklar haqida ma`lumot berilganligini qayd qilish lozim. Darslikning salbiy tomoni haqida to‘xtab darslikda odam anatomiya, fiziologiyasiga nisbatan tibbiyot, xususan har xil kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari va davolash haqidagi ma`lumotlarning ortiqcha berilganligini ta`kidlab o‘tish kerak. Shu bilan birga ba`zi paragraflar (masalan 1, 33, 42§) dagi ma`lumotlarni nihoyatda kamligi, boshqa paragrifdagi (2,5,24,27,24,38) ma`lumotlarni ko‘pligini, ba`zi paragriflar mundarijada bo‘lib matnda uchramasligi (24§) ham ko‘rsatib o‘tish zarur. Ba`zi bir mavzular, masalan ichki sekresiya bezlari juda murakkab qilib berilgan. Unda keltirilgan gormonlar soni 25 tadan ortadi. Darslikda ilmiy chalkashliklar anchagina. «Mehnat tufayli ibtidoiy odamlar avval tik yurishga, so‘ngra qo‘l barmoqlari bilan mehnat qurollarni ushlashga o‘rgangan
Bilimni nazorat qilish uchun savollar.

    1. Darslik bilan o‘quv qo‘llanmaning farqini aytib bering.

    2. Darslikning asosiy komponentlari nimalardan iborat?

    3. Botanika darsligining tuzilishini va mazmunini tushuntirib bering.

    4. Zoologiya darsligi botanika darsligidan nimalari bilan tafovut qiladi?

    5. Zoologiya darsligida bilimlarni yoritish qanday prinsipga asoslangan.

    6. Odam va uning salomatlik darsligining yutuq kamchiliklari nimalardan iborat?

    7. 9-sinf biologiya darsligida qanday asosiy mavzular yoritilgan?

    8. Biologiya darsligdagi kamchiliklar to‘g`risida sizning fikringiz?

Yüklə 23,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin