Amaliy mashg’ulot №2 mavzu: 10 mb LI ethernet texnologiyasini hisoblash. Nazariy qism


Koaksial kabellarning asosan ikkita turi mavjud



Yüklə 155,69 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü155,69 Kb.
#192778
1   2   3   4   5   6
2 Amaliy Mashg\'ulot

Koaksial kabellarning asosan ikkita turi mavjud:

  • ingichka (Thin) kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan;

  • yо‘g‘on (Thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.

Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yо‘g‘on kabellarga nisbatan kо‘p ishlatiladi, chunki ularda signal sо‘nishi kо‘proq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga о‘tkazish mumkin. Yо‘g‘on kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qо‘yishni taqozo qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razyemni ulash qulay va qо‘shimcha moslama talab qilinmaydi, lekin yо‘g‘on kabelga ulanish qimmat moslamalardan foydalanishga tо‘g‘ri keladi, chunki markaziy mis simga yetish uchun qoplamalarni teshib о‘ta olish, hamda himoya sim tо‘qima (ekran) bilan ham ulanish lozimdir. Yо‘g‘on kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar qimmat. Shu sababli ingichka kabellar kо‘p qо‘llaniladi. Xuddi о‘ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tashqi qoplama turi muhim kо‘rsatgich bо‘lib hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda ham non-plenum (PVC) va shuningdek plenum kabellari ishlatiladi. Tabiiyki, teflonli kabel polivinilxloridli kabelga nisbatan qimmat. Odatda qoplama turini uning rangiga qarab ajratish mumkin (Masalan, Belden firmasining PVC kabellari uchun sariq rang, teflon qoplama uchun qovoq rang). Koaksial kabellarda signal tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m ni tashkil qilsa, yо‘g‘on kabel uchun 4,5 ns/m ni tashkil qiladi.


Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan deb hisoblanadi va kо‘pchilik hollarda ularni tо‘liq о‘ralgan juftli kabellar bilan yoki shisha tolali kabellar bilan almashtirish mumkin. Kabel tizimlari uchun mо‘ljallangan yangi standartlarga endi koaksial kabel turlari rо‘yxati kiritilmagan.

Shisha tolali kabellar
Shisha tolali kabel – bu yuqorida kо‘rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali kо‘rinishda emas, yorig‘lik kо‘rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi – shaffof shisha tola bо‘lib, u orqali yorug‘lik juda katta masofalarga (о‘nlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) sо‘nish bilan uzatiladi.
Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy bо‘lib u koaksial elektr kabel tuzilishiga о‘xshash (12.3–chizma). Faqat markaziy mis sim о‘rniga bu kabel turida ingichka (diametri 1 – 10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama о‘rniga esa, yorug‘likni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan xira (shaffof bо‘lmagan) shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.

12.3–chizma. Shisha tolali kabelning tuzilishi


Bu holda biz ikki modda chegarasidan har xil sinish koefitsentli tо‘liq ichki qaytish holatiga ega bо‘lamiz (shisha qoplamaning sinish koefitsenti markaziy tolaning sinish koefitsentiga nisbatan ancha kam). Kabelda sim tо‘qma yо‘q, chunki tashqi elektromagnit tо‘siqlardan himoya kerak emas. Ammo ba’zi hollarda tashqi mexanik taʻsirdan saqlash uchun sim tо‘qima bilan о‘raladi. Bunday kabelni ba’zi holda yuqori darajada himoyalangan (bronevoy) deb ham ataladi, u simli tо‘qima ichida bir necha shishatolali kabellardan tashkil topgan hamda umumiy PVX qoplamaga olingan bо‘lishi mumkin.
Shisha tolali kabel tо‘siqlardan himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir bо‘lib qolish kо‘rsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit tо‘siq nurli signalni о‘zgartira olmaydi, signalni о‘zi esa hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib ishga yaroqsiz bо‘lib qoladi. Nazariy jihatdan bunday kabelni signal о‘tkazish yо‘lagi 1012 Gs gachan yetadi, boshqa turdagi elektr kabellarga qaraganda bu juda ham yuqori kо‘rsatgich. Shisha tolali kabel narxi yil sayin arzonlashib hozirgi vaqtda taxminan ingichka koaksial kabel narxi bilan tenglashib qolgan. Biroq bu holda maxsus qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilmalardan foydalanish kerak. Bu qurilmalar yorug‘lik signalini elektr signaliga va teskariga о‘zgartirib berishi uchun xizmat qiladi. Bunday qurilmalar tarmoq narxini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shishatoladagi signalning sо‘nishi odatda taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel kо‘rsatgichiga tо‘g‘ri keladi. Shisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilan signalni sо‘nishi juda kam bо‘ladi. Yuqori chastotada (ayniqa 200 MGs dan yuqori) uning ustunligi shubhsiz va hech qaysi elektr kabel turi raqobat qila olmaydi.

Yüklə 155,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin