Masalan: 4 ta takrorlovchi, 10Base-5 va 5 ta segmentdan iborat maksimal uzunligi 500 m, bo’lgan tarmoqni ikki marta aylanish vaqtini hisoblasangiz, 537 bit oraliqni tashkil etadi. Kadrlarni uzatishning minimal uzunligi 575 intervall oraliqda 72 baytni tashkil qiladi bunda ko’rinib turibdiki Ethernet standarti ishlab chiqaruvchilari xavfsizlik chegarasi sifatida 38-bit oraliqni zahira sifatida qoldirgan. IEEE 802.3 komitetning hujjatlarida 4 bitlik interval oraliq qolsa tarmoqning ishonchliligi uchun etrali bo’ladi.
1-rasm. Har xil fizik standartlardan va segmentlardan iborat bo’lgan Ethernet tarmog’iga misol.
Hisoblash: PDV hisoblashda har bir simni kesilish joyidan segmentni jadval asosida kechikishlarni hisoblashdan iborat, (berilgan jadval asosida signallarning kechikishi 1m kabel segment uzunligi bilan ko'paytiriladi), shundan keyin bu kechikishlar chap, o’ng va oraliq segmentlarni yig’indisini toppish kerak.
Tarmoqning konfiguratsion hisoblashga misol:
Misol uchun, hisoblanadigan tarmoq segmentlari bir xil standartga mansub (10Base-T) ekanligidan, ikki marotoba hisoblash shart emas. 1- va 6-segment o’rtasida 5 ta hub mavjud bo’lib, barcha segmentlar 10Base-FB segmentlari bo'lmasa ham 1-rasmda ko’rsatilgan "4-hub" qoidasiga muvofiq tarmoq to'g'ri (korrekt) emas. Bundan tashqari, tarmoqning umumiy uzunligi 2800 m ni tashkil etadi, bu esa 2500 m ga nisbatan qoidaga ziddir.
PDV qiymatini hisoblaymiz:
Chap segment 1:
15,3(база) + 100∙0,113 = 26,6
Oraliq segment 2:
33,5 + 1000∙0,1 = 133,5
Oraliq segment 3:
24 + 500∙0,1 = 74,0
Oraliq segment 4:
24 + 500∙0,1 = 74,0.
Oraliq segment 5:
24 + 600∙0,1 = 84,0
Oraliq segment 6:
165 + 100∙0,113 = 176,3
Barcha komponentlarning PDV qiymati 568.4 ga teng. PDV qiymati 575 maksimal ruxsat etilgan qiymatdan kamroq bo'lgani uchun, bu tarmoq umumiy uzunligi 2500 m dan ortiq, takrorlagichlar soni 4 dan ortiq bo'lsa-da, bu tarmoq ikkita signalning qaytishi vaqtining mezoniga talab beradi.
PVV qiymatini hisoblaymiz:
1-Chap segment, 10Base-T: 10,5 bt ga qisqaradi.
2-oraliq segment, 10Base- FL: 8 bt ga qisqaradi.
3-oraliq segment, 10Base- FB: 2 bt ga qisqaradi.
4-oraliq segment, 10Base- FB: 2 bt ga qisqaradi.
5-oraliq segment, 10Base- FB: 2 bt ga qisqaradi.
Ushbu PVV o’lchamlarning hisoblash natijasida jami qiymati 24,5 ga teng bo’ladi, bu esa 49-bit oraliqdagi chegara qiymatidan kamroq yani quyilgan talabga javob beradi.
Natijada, tarmoq Ethernet standartlariga barcha talablariga javob beradi.
Talabalarga mustaqil bajarish uchun vazifalar:
Berilgan variant boyicha tarmoq konfiguratsiyasini baholang:
Jismoniy cheklovlar bo'yicha: tarmoq uzunligi bo'yicha, tarmoqning uzunligi bo'yicha, «4 markaz» (10Base-FB uchun «5-hub») qoidasi;
tarmoqdagi signalning ikki marta aylanishi vaqtini;
kadrlar orasidagi intervalini kamaytirish uchun.
Dostları ilə paylaş: |