Amaliy mashg‘ulot №4 Detal va uzellarni tozalash usulini tanlash Ishdan maqsad



Yüklə 401,29 Kb.
səhifə5/8
tarix30.03.2023
ölçüsü401,29 Kb.
#91662
1   2   3   4   5   6   7   8
4-amaliy

Detallarni suv bilan chayish ularning yuzalaridan ishqor va kislotalar qoldiqlarini bartaraf etish va metallni keyingi korroziyadan saqflash, shuningdek qo‘l terisiga zararli ta’sirni istisno qilish uchun zarur. Agar chayish sovuq suvda bajarilsa, detal quritilishi kerak, agar qaynoq suvda chayilsa, quritish shart emas.
Oqimli mashinalar mahsulotlarni to‘liq tozalashda keng qo‘llaniladi, ayrim xollarda yuzalarni moysizlantirish uchun ham ishlatiladi. Ular yuvish jihozlarining 80 – 90 % ni tashkil qiladi. Bu mashinalar bosim ostida suyuqlik uzatish o‘rnatmalari (soplo) bilan jihozlangan gidrantlar tizimi bilan ta’minlangan.
Oqimli mashinalar berk va o‘tuvchi, bir va ko‘p kamerali, bir va ikki sohali, quritish bo‘lmalarga ega va ega bo‘lmagan, universal va ixtisoslashgan turlarga bo‘linadi.
Ixtisoslashgan oqimli mashinalar aniq turdagi mahsulot turlari uchun tayyorlanadi.
Yuvish mashinalaridagi dushli tizimlar, ya’ni soplolar o‘rnatilgan truba o‘tkazgichlar, qo‘zg‘almas (yuvish jarayonida detallar harakatlanadigan) va qo‘zg‘aluvchan (yuvish jarayonida dush tizimi harakatlanadigan, detallar esa qo‘zg‘almas) bo‘lishi mumkin.
Botirish yo‘li bilan tozalash. Bu tozalash usulida ta’mirlash ob’ekti qmynoq yuvish eritmasi bilan to‘ldirilgan vannaga botiriladi, eritma tozalanadigan yuzalar atrofida parrakli aralashtiruvchilar yoki eshuvchi vintlar yordamidassirkulyasiyalanadi. Botirish yo‘li bilan tozalash detallarni tozalashning oqimli usulidagi kamchiliklarga ega emas. Bu usulning kamchiligi – eritmaning tez ifloslanishi va natijada eritmani tez-tez almashtirish yoki filtrlash zaruratidir. Botirish yo‘li bilan tozalaydigan yuvish mashinalari murakkab shaklli, shu jumladan katta o‘lchamli yig‘ish birliklari va detallarni tozalashda eng samarali hisoblanadi. Bu mashinalar katta konsentratsiyalai va yuqori haroratli yuvish eritmalaridan foydalanish imkonini beradi. Tebranuvchi platformali (to‘rli), perforatsiyalangan barabanli yoki rotorli qurilmali vannalar mavjud bo‘lib, ularda mahsulot yoki detallar solingan mahsus idishlar buriladigan ilgakka osiladi va ketma-ket vannaga botiriladi.
Moysizlantirish operatsiyalari, odatda, botirish yo‘li bilan mos eritma va elektrolitlardan foydalanib amalga oshiriladi.

Yüklə 401,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin