Amaliy mashg‘ulot №4 Detal va uzellarni tozalash usulini tanlash Ishdan maqsad



Yüklə 401,29 Kb.
səhifə2/8
tarix30.03.2023
ölçüsü401,29 Kb.
#91662
1   2   3   4   5   6   7   8
4-amaliy

Mexanik tozalash usullari. Tozalashning mexanik usullari tozalash ob’ektiga havo yoki suv ko‘rinishidagi qattiq yoki qayishqoq jismning ta’siriga asoslangan. Mexanik tozalashning quyidagi turlari farqlanadi: pnevmatik, gidravlik, mexanik asbob bilan, abraziv (gidroabraziv, pnevmoabraziv), vibratsion.
Tozalashning mexanik usulida mexanik ta’sir vositalaridan, shuningdek siqilgan havo, suv, bug‘ oqimi kuchidan foydalaniladi:
- qo‘l bilan tozalash turli qirg‘ichlar, metall shchyotkalar, silliqlash qog‘ozlari va boshqalar yordamida bajariladi;
- mexanizatsiyalashtirilgan tozalashda ko‘chma pnevmati yoki elektr mashinkalaridan foydalaniladi;
- zarra oqimi bilan (pnevmoabraziv) tozalash zarralar oqimini hosil qiluvchi apparatlar yordamida bajariladi. Bu xolda yuzasiga metall zarrachalar yoki boshqa abraziv materiallar bilan ishlov beriladi. Ishlov berish uchun uchlik diametriga ko‘ra 0,8 – 2,5 mm o‘lchamli o‘tkir qirrali po‘lat yoki cho‘yan zarralar qo‘llaniladi. SHuningdek, metall kukuni, maydalangan granit, korund donlari, shisha shariklar va boshqalar ham ishlatilishi mumkin;
- drob purkashli tozalashda metall droblari rotor parraklari tomonidan uzatiladi. Bu usul pokovkalarni kuyindilardan tozalashda ishlatiladi;
- gidroabraziv (gidro qum oqimli) tozalash maxsus qurilmalar yordamida kvarsli qum aralashmali suv oqimi yordamida amalga oshiriladi;
- gidrodinamik tozalash brandspoytlar yoki sonitorli yuvish mashinalari yordamida katta bosimli suv (5–15 MPa) oqimi bilan bajariladi;
- bug‘-suv oqimli tozalashda tozalanayotgan yuzaga maxsus uskunalar yordamida 0,5 – 2,0 MPa bosim ostida haroarti 90-100°C bo‘lgan bug‘li gidravlik oqim yuboriladi;
- galtovkalash – bu kichik detallarni o‘zaro va to‘ldiruvichlar (masalan, abrazivlar) ta’sirlashishi yuz beradigan aylanuvchi barabanlarda dastlabki tozalashdir;
Yirik detallar yuzalari silliqlovchi stanoklarda abraziv disklar yordamida yoki ko‘chma mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va pnevmatik zubilolar bilan tozalanadi. Silliq yuza hosil qilish uchun, masalan galvanik qoplash uchun, detallar silliqlanadi va polirovka qilinadi.
Pnevmotozalash tozalanayotgan yuzalardan quruq changni havo oqimi yordamida bartaraf etish uchun qo‘llaniladi. Havo soploli uchlik orqali uzatiladi. Soplo uchligi oldidagi havo bosimi 0,15-0,5 MPa (1,5-5,0 kgs/sm2) bo‘lishi tavsiya etiladi. Tozalash ishlari yaxshi shamollatiladigan maxsus jihozlangan xonalarda amalga oshiriladi. Ayrim xollarda havo dastlab nam va moydan tozalanadi.

Yüklə 401,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin