AMALIY MASHG`ULOT № 8
Quduqlarni ishlatish davridaga uskunalarga xizmat ko‘rsatish.
Uskunalarga qо‘yiladigan asosiy talablar qatoriga quyidagilarni qо‘shish
mumkin: tо‘liq halokatdan holi bо‘lishlik, ya’ni tasodifan ishdan chiqishni oldini
olish va texnologik xaritada joriy qilingan parametrlar
chegaralarida puxta
ishlashi. Uskunalarning istalgan konstruktiv xususiyatlarida,
hattoki ularni
tayyorlashda eng yuqori sifatga erishilganda ham, qо‘yiladigan talablar –
loyihalashtirilgan ta’mirlash deb ataluvchi qat’iy tadbirlarni amalga oshirish yо‘li
bilangina uzoq muddat davomida qanoatlantirilishi mumkin.
Uskunalarni ta’mirlash loyihaviy-majburiy va
loyihaviy-ogohlantiruvchi
ta’mirlashlarga ajratiladi. Birinchi ikkita kо‘rinish – sanoat va transportning ba’zi
bir tarmoqlarining alohida uchastkalarida qо‘llaniladi. Loyihaviy – kо‘rikdan
keyingi ta’mirlash – bu vaqt davomida uskunalarni avvaldan loyihalashtirilgan
kо‘rigidir. Bu jarayonda ta’mirlash ishlari butun bor hajm bо‘yicha bajariladi.
Bunday ta’mirlashni olib borish – ajratish-yig‘ish
ishlarini bajarish uchun
qо‘shimcha ishchi kuchi ishlatishni talab qiladi va uskunalarni uzoq muddat
davomida tо‘xtab turib qolishiga olib keladi. Loyihaviy-standart ta’mirlash
avvaldan loyihalangan muddatda uskunani tо‘xtashini kо‘zda
tutadi va uning
ta’miri qat’iy yо‘riqnomaga binoan olib boriladi. Shu bilan birgalikda uskunaning
ba’zi bir detal va qismlari majburan, ya’ni ularning aniq holatidan qat’iy nazar,
yangisi yoki qayta tiklangani bilan almashtiriladi. Bunday ta’mirlash uskunaning
yuqori ekspluatasion
puxtaligini kafolatlaydi, ammo tannarxi yuqori va
qilinadigan ishlar hajmi katta.
Kо‘pgina sanoat korxonalarida, kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida
loyihaviy-ogohlantiruvchi ta’mirlash (LOT) tizimi qо‘llaniladi. LOT о‘zida
avvalgi sanab о‘tilgan ikki tizimdagi afzalliklarni jamlagan:
ishlab chiqarishdan
tashqari turib qolishlarning minimalligi va ishchi kuchi va moddiy sarflar kam
bо‘lgan sharoitda uskunalarni ekspluatasiya qilinganda
yuqori puxtalikka
erishishi.