Amaliy mashg’ulot. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi. Raqamlashga o‘rgatishda matematik diktantning o‘rni



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə2/7
tarix10.11.2022
ölçüsü1,94 Mb.
#68275
1   2   3   4   5   6   7
11 dars 3 kurs Mo\'m

Mashg'ulot maqsadi: Talabalarda “yuzlik" konsentrida arifmetik amallarni o’rganish bo’yicha amaliy ko’nikma hosil qilish.
Mashg’ulot jihozi: boshlang’ich sinflar uchun DTS, dastur, darsliklar, kalendar reja.
Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.
1.Yuzlik ichida qo’shish va ayirish.
Mavzuda amallarni o’rgatish bilan birga 1-sinfda sonni yig’indiga qo’shish va yig’indini songa qo’shish, sonni yig’indidan ayirish va yig’indini ayirish xossalari, 2-sinfda yig’indini yig’indiga qo’shish va yig’indidan ayirish xossalari qaraladi.
Har bir qoida o’rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
I bosqich. Narsalar to’plami ustida amallar bajarib, o’quvchilar xossasini ochishadi va ifodalashadi.
II bosqich. Xossani misollar yordamida har xil usullar, jumladan qulay usul bilan yechishga tadbiq qiladi.
III bosqich. Arifmetik amallar xossalari asosida chiqariladigan hisoblash usullari o’rganish obyekti bo’lib xizmat qiladi.
IV bosqich. O’rganilgan xossalarni va hisoblash usullarini taqqoslash natijasida bu xossalar va usullar umumlashtirishning yuqoriroq darajasiga ko’tariladi.
Misol: 36+23=(30+6)+(2+3)=(30+20)+(6+3)=50+9=59
Yuz ichida ko’paytirish va bo’lish.
O’qituvchi dars o’tishda quyidagi vazifalarni bajarishi zarur:
1)ko’paytirish va bo’lish ammallari ma’nosi bilan tanishtirish;
Ko’paytirishning o’rin almashtirish, gruppalash va ko’paytirishning qo’shishga nisbatan tarqatish (qavslarni ochish) xossalarini tushuntirish;
2)ko’paytirish jadvalini o’rgatish (yodlatish);
3)jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lishni o’rgatish (0 ga ko’paytirish, 1 ga ko’paytirish va bo’lish, qoldiqli bo’lish);
1.Qo’shishni ko’pytirishga almashtiring.
3+3+3+3+3= 6+6+6+6=
2.Natijalarni hisoblang, o’z o’rnida qo’shishni ko’paytirishga almashtiring.
8+8+8+7= 9+9+6=
3.Ko’paytirishni qo’shishga almashtiring. 4*2= 5*3=
4.Ifodalarni taqqoslang va >,< yoki = belgilarni qo’ying.
4+4+4+4…4*3, 9*6… 9+9+9+9+9, 7*4…7+7+7+7+7
5.Namuna bo’yicha natijalarni hisoblang.
5*7=35, 5*8= 8*3=24, 8*4=
Ko’paytirish va bo’lish jadvali bilan ishlash.
1)Bir xil ko’rinishlarni qo’shish. Masalan: 5*3=5+5+5=15
2)Namuna misol asosida boshqa ko’pytirishlarni bajarish.
Masalan: 2*3=6, 2*4 ni toping. Uni 2*3+2=6+2=8 ko’rinishida hisoblash o’rgatiladi.
3)Ko’paytirishning qo’shishga nisbatan taqsimot xossasidan foydalanish.
4)Ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasidan foydalanish.
3*7=7*3
Ko’paytirish va bo’lish jadvallarini tuzilgandan keyin nol bilan ko’paytirish va bo’lish hollari qaraladi.
Jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lish
Sonni yig’indiga ko’paytirish va yig’indiga nisbatan taqsimot qonunini o’rgangandan keyin yig’indini songa bo’lish xossasi qaraladi. Masalan, (3+2)*4 ni tushuntirish uchun doirachalardan foydalanish mumkin. (3+2)*4=4*5=20 yoki (3+2)*4=3*4+2*4=12+8=20 ko’rinishida hisoblab chiqiladi.
Hisoblash usullari o‘zlari asoslanayotgan xossalarga mos ravishda qanday guruhlanishini ko‘rsatamiz.
I. Yig‘indiga sonni qo‘shish, bu qoida quyidagi hisoblash usullariga asos bo‘ladi.
1) 34+20=(30+4)+20=(30+20)+4=54
2) 34+2=(30+4)+2=30+(4+2)=36
3) 54+6=(50+4)+6=50+(4+6)=60

II. Yig‘indidan sonni ayirish.


1) 48–30=(40+8)–30=(40–30)+8=18
2) 48–3=(40+8)–3=40+(8–3)=45
3) 30–6=(20+10)–6=20+10–6)=24

III. Songa yig‘indini qo‘shish.


1) 9+5=9+(1+4)=(9+1)+4=14
2) 36+7=36+(4+3)=(36+4)+3=43
3) 40+16=40+(10+6)=(40+10)+6=56
4) 45+18=45+(10+8)=(45+10)+8=63

IV. Sondan yig‘indini ayirish.


1) 12–5=12–(2+3)=(12–2)–3=7
2) 36–7=36–(6+1)=(36–6)–1=29
3) 40–16=40–(10+6)=(40–10)–6=24
4) 45–12=45–(10+2)=(45–10)–2=33
5) 45–18=45–(10+8)=(45–10)–8=27



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin