Amaliy mashg’ulot. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi. Raqamlashga o‘rgatishda matematik diktantning o‘rni
Amaliy mashg’ulot. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi. Raqamlashga o‘rgatishda matematik diktantning o‘rni. Boshlang‘ich sinflarda 10, 100, 1000 va ko‘p xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlami nomerlashga o‘rgatish metodikasi.(4 s.) Mashg'ulot maqsadi:“O‘nlik” kontsentrida arifmetik amallarni o‘rganish.
Mashg’ulot jihozi: DTS,dastur, darsliklar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar. 1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3.Keys uchun vaziyat.
4.Dars ishlanmasini tuzish.
Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
Mavzuni o’rganishda o’qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:
qo’shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;
hisoblash usullaridan ongli foydalanishni ta’minlash;
“sonni qismlari bo’yicha (bittalab yoki gruppalab) qo’shish va ayirish” usuli;
yig’indining o’rni almashtirish xossasidan foydalanib qo’shish usuli;
v) sonlarni ayirishda qo’shish amalidan ya’ni noma’lum komponentni topishdan foydalanish.
3) 10 ichida qo’shish va ayirishni avtomatizmga yetkazish;
Mavzuni o’zaro bog’langan bir nechta bosqichlarga bo’lib o’rganamiz.
1-bosqich. Tayyorgarlik bosqichi: qo’shish va ayirish amalining aniq mazmunini ochish; a+1 ko’rinishdagi qo’shish va ayirish hollari.
Bu ish 1-10 ichida sonlarni o’rganishga bag’ishlangan bo’ladi. Bunda ikki to’plamning birlashmasiga doir va to’la qismini ajratishga doir yetarli mashq bajaradilar. Nomerlashni o’rganish jarayonida 1-o’rindagi keyingi son dan 1 ni ayirishdan hosil bo’lishi, shu bilan sonlar ko’rinishdagi hollar uchun jadval tuziladsi. Birinchi darsdanoq 1-1=0, 0+1=1 ko’rinishdagi amallarga to’xtaladi.
2-bosqich.a+2, a+3, a+4 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.
3-bosqich.a+6, a+7, a+9 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu ishlarni bajarish jarayonida ham oldingilardek bajarilib, qo’shiluvchi, yig’indi so’zlari bilan tanishadilar.
4-bosqich. a-5, a-6, a-7, a-8 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar
1. 1 + 1 = 2 2 + 1 = 3 1 + 2 = 3
2 + 1 = 1 3 + 1 = 2 3 + 2 = 1
2. 4 + 1 = 3 + 2 = 2 + 3 =
2 + 2 = 5 - 3 = 5 - 2 =
3.