7. Xalqaro hisob-kitoblar – bu turli mamlakatlarning hukumatlari, korxonalari, muassasalari va fuqarolari o‘rtasida yuzaga keladigan pul talabnomalari va majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni tartibga solish tizimidir. Xalqaro hisob-kitoblar turli shakllarda – naqd pulga, kreditga, oldindan bajarilgan to‘lov (avans to‘lov) bo‘yicha amalga oshiriladi. Jahon savdosida bitim narxining 80–90 foiz to‘lanadigan, qolgan qismi esa shartnoma bo‘yicha belgilangan muddatlarda naqd pul bilan to‘lanadigan kreditdan keng foydalaniladi.
8. Milliy vаlyutаni chet el vаlyutаsigа аlmаshtirish tаrtibi vа dаvlаt tomonidаn o‘rnаtilgаn vаlyutа kursi. Milliy vаlyutаni chet el vаlyutаsigа аlmаshtirish ayriboshlash shaxobchalarida amalga oshiriladi. Ayirboshlash shoxobchasida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
naqd milliy valyuta (so‘m)larga naqd chet el valyutasini sotib olish;
yo‘l cheklarini sotib olish;
naqd chet el valyutasini sotish, shu jumladan, mijozning xalqaro bank kartasiga o‘tkazib berish;
jismoniy shaxslar-rezidentlarning naqd milliy valyutalariga nufuzli chet el banklari va moliya institutlari tomonidan emissiya qilingan yo‘l cheklarini sotish;
norezidentlarga naqd chet el valyutasini va yo‘l cheklarini ilgari milliy valyutaga almashtirilgan chet el valyutasi (yo‘l cheklari) miqdorida, ayirboshlash shoxobchasining tasdiqlovchi ma’lumotnomasini yoki bankomat chekini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida so‘mdagi mablag‘larning qonuniy yo‘l bilan olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilgan taqdirda sotish;
inkassoga jo‘natish uchun naqd chet el valyutasini va yo‘l cheklarini qabul qilish;
haqiqiyligiga shubha uyg‘otadigan xorijiy davlatlarning pul belgilari va yo‘l cheklarini ekspertizaga qabul qilish;
xalqaro bank kartasidan naqd chet el valyutasini berish yoki xalqaro bank kartasidan chet el valyutasini vakolatli banklarning sotib olish kursiga muvofiq milliy valyutada berish;
xorijiy davlatning yirik pul belgisini o‘sha davlatning to‘lovga yaroqli pul belgilariga maydalab berish;
xorijiy davlatning shikastlangan pul belgilarini o‘sha davlatning shikastlanmagan pul belgilariga almashtirib berish;
bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish.
Ayirboshlash shoxobchalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomalariga muvofiq, vakolatli banklar rahbarlarining ayirboshlash shoxobchalari ochish to‘g‘risidagi buyruqlarida nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin.