Amaliy mashg’ulot bo’yicha tuzilgan topshiriqlar topshiriq №1 Pul birligi


Nima uchun Markaziy bank aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit bermaydi?



Yüklə 26,17 Kb.
səhifə5/8
tarix26.09.2023
ölçüsü26,17 Kb.
#148785
1   2   3   4   5   6   7   8
amaliy-1

Nima uchun Markaziy bank aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit bermaydi?
Markaziy bank faqat yirik miqdordagi summalar bilan ishlaydi. Bu yerda gap bir necha milliarddan tortib bir necha 100 milliard haqida ketmoqda. Mana shu holatda tijorat banklari aholi va Markaziy bank o‘rtasiga vositachi rolini o‘ynaydi va bundan, albatta o‘z daromadini oladi. Boshqa tomondan, Markaziy bankda Respublikaning hamma nuqtasida minglab filiallarni ochib, aholi bilan ishlash imkoniyati mavjud emas.
13. KO-1 shаklidаgi kаssа kirim orderi. Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish KO-1 shaklidagi kassa kirim orderi bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo‘liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitansiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitansiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat to‘ldirilgan kunda qabul qilinadi.
14. Kаssа chiqim orderlаri (KO-2 shаkli). Naqd pullar kassadan kassa chiqim orderlari (KO-2 shakli) yoki kassa chiqim orderlarining o‘rnini bosadigan, maxsus shtamp bilan bosilgan boshqa hujjatlar (to‘lov qaydnomalari, pul berish uchun ariza, hisobvaraqlar va hokazo) asosida beriladi.
Pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas.
Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxs qo‘liga berishga ruxsat etilmaydi.

Yüklə 26,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin