Agar siz Arduino da 3.3V portni ishlatadigan bo`lsangiz, siz quyidagi formuladan
foydalanishingiz mumkin:
Voltage at pin in milliVolts = (reading from ADC) * (3300/1024)
Ushbu formula 0-1023 bo`lgan sonli qiymatnin 0-3300mV (= 3.3V) bo`lgan
kuchlanish qiymatiga aylantirib beradi.
Keyinchalik, millivoltni temperaturaga aylantirish kerak, bunda quyidagi
formuladan foydalanamiz:
Centigrade temperature = [(analog voltage in mV) – 0,5] / 0,01
1.
temp = analogRead(2)q5/1024.0;
-
Analog
kirish sonli qiymat
signalini kuchlanish signaliga aylantiradi.
2.
temp = temp - 0.5; va temp = temp / 0.01;
-
esa millivolt
qiymatini temperatura qiymatiga aylantirib beradi.
Ishni bajarish tartibi
1.Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida “
Arduino Uno
”
yordamida atrof-muhit temperaturasini o’lchaydi.
2.Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga
yozma hisobot tayyorlab
topshiradi.
Takrorlash uchun savollar:
1.
Amaliy mashg’ulotni bajarish davomida nimalar o`rganiladi?
2.
MCP 9700
harorat datchigi haqida ma’lumot bering.
3.
Ishni bajarish tartibini ayting.
4.
Datchikni ishlatadigan mikrokontroller uchun dasturni tushuntiring.
Amaliy ish
Mexatronik elektryuritmalarning kinematik sxemasini loyihalash
Mashg’ulot maqsadi
: Talabalarda mexatronik elektr yuritmalari uchun kerakli
kinematik sxemani loyihalash amaliy ko`nimalarni shakllantirish.
Elektryuritmalarning
kinematik
sxemasini
qurish
mexatronik
tizim
loyihalashning mas’ul bosqichi hisoblanadi. Kinematik sxema mexatronik tizimning
mexanik qismi konstruksiyasini, shuningdek uning ishlatish sifatini belgilaydi.
Kinematik sxema
mextronik tizim mexanik
qismining hamma zveno va
mexanizmlarini bog’lanish tartibini tekislik yoki fazoviy tasvirda ko’rsatadi va
energiya oqimining taqsimlanishi haqida, mexanik qismi elementlarining kinematik
aloqasi haqida, asosiy zvenolarni bir-biriga nisbatan joylashish holati haqida ma’lumot
beradi. U tizimning kinematik va kuchini hisoblash uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
Sxema masshtabga amal qilmasdan bajariladi.
Sxemaning hamma elementlari
shartli grafik belgilar bilan yoki tashqi ko’rinishi soddalashtirilgan holda belgilanadi.
Kinematik sxemada yurutma dvigatelning quvvati, dvigatel valining va mashina
barcha vallarining aylanma tezligi, shkivlar diametrlari,
tasma uzunligi va turi, tishli
g’ildirak, yulduzcha va xrapovik tishlari soni,
tishli uzatma moduli, zanjirli uzatma
qadami, ishchi organlar yurishi soni va qiymati ko’rsatiladi. Vallar rim raqamlari bilan
nomerlanadi. Mexanik qismning hamma elementlari sxemada arab raqamida tartib bilan
nomerlanadi, chapdan o’nga yoki o’ngdan chapga va chizmaning bo’sh joyida matn
bilan izoh beriladi, masalan jadvallar yordamida (ГОСТ 2.702—69).
Dostları ilə paylaş: