Amaliy mashg‘ulot Kommutatsiya tizimning umumiy tuzilishi va vazifalarini o‘rganish


Zamonaviy texnologiyani ishlatish



Yüklə 132,18 Kb.
səhifə5/7
tarix07.01.2023
ölçüsü132,18 Kb.
#78682
1   2   3   4   5   6   7
амалиет 4

Zamonaviy texnologiyani ishlatish
Multipleksor yoki kommutatsion sxema vaqt bo‘yicha ajratilgan raqamli signallarni uzatish xolida, raqamli hisoblash mashinalari qurilishda ishlatilgan xuddi usha asosiy sxemalar mantiqiy elementlarda va xotira elementlari negizida tuziladi.
Kommutatsion sxemaning asosiy elementi - kommutatsiya nuqtasi – «VA» mantiqiy element bo‘lib, bitta kirishi axborot signallarni uzatish uchun, boshqalari esa – boshqaruv signallarini uzatish uchun mo‘ljallangan. SHunday qilib, mantikiy elementlar va EX da xotira elementlari sifatida ishlatiladigan raqamli integral sxemalarni ishlab chiqish texnologiyasining rivojlanishi, bevosita raqamli uzatish tizimlari va kommutatsiya tizimlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy texnologiyaning afzalliklari elektraloqa funksiyalarini amalga oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan katta integral sxemalar (KIS) yaratilgan sayin yanada yakkolroq bo‘la boshlaydi. Bundan tashqari raqamli komponentlarni yasash analogli ekvivalentga qaraganda oson, analogli raqamni amalga oshirish funksional afzallikka ega, bitta modul chegarasida ichki ulashlar minimallashtirilgan, KVA asosida yo‘ldoshli va optik aloqa kabellari bilan ishlashi mumkin.
Raqamli sxemalari qo‘llanishning boshqa katta istiqbolga ega bo‘lgan sohasi bu - signallarga ishlov berish (kuchaytirish, korreksiyalash, aniq chastotalarni topish, aks sadoni yo‘q qilish, modulyasiya va filtrlash) sohasidir.
Signallarga raqamli ishlov berish raqamli ko‘rinishda ko‘rsatilgan signallarga ishlov berish uchun arifmetik va mantiqiy raqamli sxemalarni ishlatishni ko‘zda tutadi.


Uzatish tizimi va kommutatsiyasining integratsiyasi (integrallashuvi)

Uzatish tizimlarida qo‘llaniladigan, guruh tashkil etish amallarini kommutatsiya tizimlarida bajariladigan kommutatsiya amallari bilan osongina integratsiyalashi mumkin.


Bu ikki tizim integratsiyalashuvining asosiy afzalligi 1 – rasmda ko‘rsatilgan.



a) - integratsiyalanmagan uzatish va kommutatsiya;


b)– kanallarni ajratish negizida integratsiyalangan uzatish va kommutatsiya.

4.1– rasm. Kommutatsiya va uzatish integratsiyasi


Bu holda kommutatsiya stansiyasida kanallarni ajratuvchi uskunani mavjud bo‘lishi shart emas, hamda kommutatsiyaning birinchi kaskadlarini istisno etadi. Agar vaqt bo‘yicha ajratilgan raqamli aloqa liniyalari raqamli kommutatsiya tizimlari bilan uzatish traktining ikkala chetidan integratsiyalansa, u holda birlashtirish va ajratish uskunalari istisno etiladi.


To‘la integratsiyalangan tarmoqda signallar manbalari oldida nutq signallari raqamli shaklga uzgartiriladi va uni etkazilishi kerak bo‘lgan punktgacha saqlanib qoladi. Undan tashqari, barcha stansiyalararo bog‘lovchi liniyalar bo‘yicha, kommutatsiya tizimining hamda barcha ichki stansiya bog‘lovchi liniyalari bo‘yicha signallarni uzatish faqat vaqt bo‘yicha ajratilgan raqamli shaklda amalga oshiriladi.
Uzatish va kommutatsiya funksiyalarini integratsiyasi nafaqat uskuna hajmini kamaytirmay, sezilarli darajada bitta chetki qurilmadan ikkinchisiga tovushni uzatish sifatini oshirishga yo‘l beradi. Ko‘p karrali analog – raqamli va raqam – analogli o‘zgartirishlarni istisno etib, hamda xatolar koeffitsienti qiymati kichik bo‘lgan uzatish liniyalaridan foydalanib, nutq uzatishning yukori sifatini olish mumkin, bu sifat faqat kodlash jarayoni bilan belgilanadi.
Xulosada butunlay integrallashgan raqamli aloqa tarmog‘iga o‘tilganda qanday foydalar olish mumkinligini ko‘rsatamiz:
1. SHaharlararo aloqada nutqni uzatish sifati halakit beruvchi signallar, signal darajasi va signal buzilishlari nuqtai nazaridan mahalliy aloqada tovushni uzatish sifatiga o‘xshash.
2. Barcha raqamli kanallarning to‘rt simliligi raqamli kanallarning dupleksli to‘rt simli bog‘lanishini ta’minlaydi, undan tashqari aks sado holati yo‘qotiladi.
Signal – shovqin nisbatining kichik qiymatlarida ishlash imkoni. So‘zlashuv tanaffuslari vaqtida raqamli tizimlarda ma’lum kodli kombinatsiyalar uzatiladi, bunda tanaffuslar paytida uzatiladigan signallarning quvvati, so‘zli axborot uzatish xolidek bo‘ladi. Signalning regeneratsiyasi uzatish muhitida vujudga keladigan barcha shovqinlarni amalda bartaraf etishi tufayli, bo‘sh kanalning shovqini uzatish liniyasi bilan emas, balki kodlash jarayoni bilan belgilanadi.



Yüklə 132,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin