Raqamli aloqa tarmoqlarining texnik afzalliklari quyidagicha:
- guruh tashkil etilishining oddiyligi;
- signalizatsiyaning oddiyligi;
- zamonaviy texnologiyaning ishlatilishi;
- uzatish va kommutatsiya tizimlarining integratsiyasi;
- signal-shovqin nisbatining kichik qiymatlarida ishlashi mumkinligi;
- signalni regeneratsiyalash;
- boshka xizmat turlariga moslashuvligi;
- ishchi xarakteristikalarni nazoratlash mumkinligi;
- axborotni maxfiylashtirishning engilligi.
Quyida raqamli tarmoqlarni bu xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Guruh tashkil etishini oddiyligi.
Uzatishning raqamli usullari birinchi marta kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish bilan gurux tashkil etish tizimlarida ishlatuvchi shaharlararo bog‘lovchi liniyalardan telefon so‘zlashuvlarini uzatishda foydalanilgan.
Mohiyati bo‘yicha, bu tizimlarning iqtisodiy samaradorligi, uzatish trakti oxirgi qurilmadagi elektronikani qo‘llanish narxini, traktdagi ko‘p juft simlar narxiga almashtirish bilan shartlanadi. Bu almashinuv yil sayin iqtisodiy ko‘proq samaraliroq bo‘lmoqda. KCHA bilan guruh tashkil etish xam liniya – kabel inshoatlarda harajatlarni kamaytirishga olib keladi, KCHA qurilmalar KVA qurilmalaridan odatda qimmatroq.
KVAda guruhli analogli signallarni shakllantirish signal diskretlarini raqamli shaklda ko‘rinishini talab etmaydi.
KVAli analogli tizimlarning nuqsoni ularning past xalakit - bardoshligidadir. Bu manfiy omillarni regeneratsiyalash yordamida raqamli tizimdagiday yo‘qotish mumkin emas. SHu bois analogli tizimlarda VRK ni ishlatish maqsadga muvofiq emas. SHovqinsiz va buzilishsiz uzatish shartini ta’minlovchi hollari bundan istisno.
Signalizatsiyaning oddiyligi shundaki, boshqaruvchi axborot (chaqiruv, go‘shak qo‘yish, manzil raqamlari, telefon avtomatga tangalarning tushirishdagi holati va hokozo) o‘z tabiati bo‘yicha ko‘proq raqamlidir, demak u osongina raqamli uzatish tizimiga kiritilishi mumkin. KVA uzatish tizimida boshqarish axboroti uchun maxsus boshqaruv kanali ajratiladi.
Boshkaruvchi signallarni uzatish uchun qabul qilingan format uzatish tizimining turidan hamda terminal uskunaga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruvchi axborotni uzatishda ishlatiladigan bir, formatni boshqasiga o‘zgartirish aloqa tarmog‘ining alohida tizimchalarining moslashtiruvchi qurilmalarida amalga oshiriladi. Signalizatsiya tarmoq ekspluatatsiyasi bilan shug‘ullanadigan telefon kompaniyalari uchun, an’anaviy ravishda ma’muriy jihatdan ham moliyaviy jihatdan ham sezilarli bo‘lgan.
Bell Sustem firmasi stansiyalararo signalizatsiya tizimi, deb atalgan tizimning detallashgan loyihasini ishlab chiqdi, u aloqa tarmog‘idagi signalizatsiyaning ko‘pgina muammolarini xal qilish imkonini beradi. OKS bo‘yicha signalizatsiya tizimi analogli tarmoqda modemlarni ishlatish bilan amalga oshirilishiga qaramay bu tizimni kiritishdan olinadigan sezilarli samaradorlikni faqat katta tezlikdagi raqamli aloqa kanallari mavjud bo‘lganda olish mumkin.