Signalning regeneratsiyasi
Raqamli tizimning asosiy afzalligi, bu signal buzilishlarini aniqlash va raqamli signallarni regeneratsiyalash uchun uzatish liniyalarining oraliq nuqtalarida regeneratorlar kiritib, liniyaviy traktda xatoliklar ehtimolligining kattaligini uncha katta bo‘lmasligiga erishishdir.
Regeneratsiya yordamida signalga halakitlarning ta’sir natijasini lokallashtirish mumkin. Boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishlarga moslashishi. Uzatishning sifati raqamli tizimlarda xatoliklar koeffitsienti bilan tavsiflanadi. Xatoliklar koeffitsienti kichik bo‘lgan kanallar traktda soddagina tarzda amalga oshiriladi. Kanalda vujudga keladigan xatoliklarning ta’sirini, agar foydalanuvchi xatolardan himoyalanish usullaridan foydalansa, umuman bartaraf etish mumkin. Undan tashqari axborot uzatishda axborotning umumiy formati ishlatiladi. SHuning uchun hech qanday qo‘shimcha talablarsiz signalning barcha (televizion, ma’lumotlarni uzatish va xokozo) turlarini uzatish mumkin.
Ishchi xarakteristikalarni nazoratlash imkoni
Raqamli tizimlardagi manbalarning turi va signal strukturasining mustaqil (bog‘lik bo‘lmaganligi tufayli) bo‘lganligidan foydani chiqarib olish shundan iboratki, bunda qabul qilinayotgan signal sifatini uzatilayotgan axborotlarning tabiatini bilmasdan ham baholash mumkin. Raqamli tizim ma’lum impulslarni diskret darajalar bilan uzatadi.
SHuning uchun signalning parametrlari nazoratlanadi. Raqamli liniyalar bo‘yicha uzatish sifatini aniqlaydigan umumiy usul mavjud - bu axborot oqimiga juftlikka tekshirish uchun qo‘shimcha bitlarni kiritish yoki signal shakliga kiritiladigan ortiqlik qismini nazoratlashdir.
Mahfiylashtirish soddaligi. Raqamli shaklda tasvirlangan tovushli axborot engil mahfiylashtiriladi va harbiylarning diqqatini o‘ziga tortadi.
Raqamli tarmoq nuqsonlari
Raqamli tarmoqlarni qurilishi bo‘yicha bog‘lik bo‘lgan asosiy texnik nuqsonlarni sanab o‘tamiz:
CHastotalar bo‘lagini kengaytirish;
Analog – raqamli va raqam – analogli o‘zgartirishlar zaruriyati;
Vaqt bo‘yicha sinxronlashning zaruriyati;
Guruh tashkil etishda topologik cheklanishlar;
Mavjud analogli uskuna bilan birga bo‘la olmasligi.
Dostları ilə paylaş: |