Telefon stansiyalarning evolyusiyasi Aloqa vositalarining rivojlanishi signalli gulxanlar va yog‘och nog‘oralardan boshlanib, kabutarlar pochtasini, feld’eger aloqasini, SHappa optik telegrafini, o‘z vaqtida va sivilizatsiya tarixida muhim asrlar «texnologiyalar yig‘indisi» elementlari bo‘lib qolgan boshqa vositalar ixtiro qilishga qadar davom etgan. Misol uchun yorug‘lik signali, tutun ustuni keltirish mumkin.
Optik signalizatsiyadan tashqari tovush ham ishlatilgan. Ma’lumki, miltiqlar nog‘oralarga qaraganda balandroq tovush chiqaradi, shuning uchun 1796 yilda imperator Pavel I ning taxtga chiqishi to‘g‘risidagi xabar Moskvadan Peterburggacha bo‘lgan yo‘l yoqasida quyib chiqilgan 3000 ta askarning miltiqlaridan otilgan uqlar bilan uzatilgan edi.
To‘plar esa miltiqlarga qaraganda yana ham balandroq tovush chiqaradi, 1838 yilda Buffoladan Nyu – Yorkka yangi Eri Kanaau bo‘yicha birinchi kemani ketishi to‘g‘risidagi xabar to‘plardan otilgan uqlar bilan uzatilgan edi.
Signal Nyu –Yorkka bo‘lgan 700 km masofani 1 s 20 minutda bosib o‘tdi. XVIII asr oxirida aloqani elektr vositasi yaratilgan edi. Masalan, telegraf xabarlarni uzatish (1753 yil Angliya, 1909 yil Germaniya, Peterburg). Birinchi telegraf xabarlarini uzatish ko‘p simli usulda amalga oshiriladi, keyin simlar sonini kamaytirish uchun olti elementli tyokis kod qo‘llanildi.
Telegrafiya muvaffaqiyatlari – jonli odam nutqini masofaga uzatish g‘oyalarini ishlab chiqishni rag‘batlantirdi. Hozirgi kunga yakin telefoniya goyasini 1854 yilda fransuz olimi SH. Bursel ilgari surdi. Tovushlarni masofaga uzatish uchun asbob yaratishga birinchi marotaba 1861 yilda Iogann Filipp Rays urindi. Aynan u telefon degan atamani kiritdi, va elektr toki yordamida tonal signallarni masofaga ko‘chirish imkoniyatlarni namoyish etdi. Lekin bu qurilma texnik jihatdan mukammal bo‘lmaganligi sababli keng tarqalmadi. Faqat 15 yil o‘tgandan so‘ng Aleksandr Grexem Bell 1876 yil 14 fevralda «Telegrafiyada mukammallashtirish» deb atalgan ixtirosiga patentni qayd ettirdi.
Avtomatik kommutatsiya texnikasining rivojlanishida uchta bosqich aniq ko‘zga tashlanadi. Birinchi bosqichda (XX asrning 30 yillari) avtomatik kommutatsiya uchun elektromexanik izlagichlar ishlatilgan (dekada g‘ qadamli, mashinali, motorli va hokozo). CHo‘tkali izlagichlar bilan qurilgan kommutatsiya tizimlarini ishlatish jarayonida quyidagi jiddiy nuqsonlar aniqlanadi: kommutatsion asboblar ishlatishning yuqori bo‘lmagan ishonchliligi stansion qurilmalari xizmat kursatishiga katta mehnat sarflanishi, so‘zlashuv traktining past sifati, izlagichlarni ishlab chiqarish texnologiyasining murakkabligi.
Ikkinchi bosqich 2 – jahon urushi yillaridan keyingi davrga to‘g‘ri keladi, bu vaqtda avtomatik elektraloqa rivojlanishining sifatli taraqqiyotiga undovchi koordinatli kommutatsiya texnikasi ekspluatatsiyasiga tadbiq qilish va ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Bir qator afzallik va ustunliklariga qaramay koordinatli texnika kommutatsiya vositalariga inqilobiy o‘zgarishlar kiritmadi, chunki oxir oqibatda, u ham elektromexanik tamoyillarga asoslangan elementlar negizida qurilgan, bu esa kommutatsiya rivojlanishining birinchi bosqichiga xosdir.
Koordinatli ATS tizimlarining kamchiliklariga yasab chiqish, qiymati nisbatan yuqori, gabarit o‘lchamlari va uskunaning vazni, kattaligi, sezilarli darajada elektrenergiyaning iste’mol qilishi va kichik tezligi kiradi.
Avtomatik kommutatsiya texnikasining rivojlanishida sifatli o‘zgarish tranzistor ixtiro qilingandan so‘ng, elektronika va elektron hisoblash mashinalarining xalq xo‘jaligining turli sohalariga tadbiq qilingandan so‘ng yuz berdi.
YAngi sifatli ATS larning yaratish uchun deyarli ikki o‘n yillik, ulkan ijodiy izlanishlar va katta moliyaviy xarajatlar kerak bo‘ldi.
Elektromexanik tizimlariga o‘xshash, metall kontaktlarni elektron kontaktlarga almashtirish yuli bilan to‘lik elektron ATS yaratish yo‘nalishida birinchi qadamlar qo‘yilgan edi.
Bu urunishlar muvaffakiyatsiz bo‘lib chiqdi, chunki so‘zlashuv traktlarining kommutatsion maydonlarini tashkil etuvchi kontaktlar uchun teng qiymatli ekvivalenti topilmadi.
Keyinchalik ATS ning yangi tizimlarini yaratish ikki yo‘l bilan ketdi. Birinchisi, kvazielektron ATS larni ishlab chiqish, bularda kommutatsion maydon negizini katta tezlikda ishlaydigan relelarning yoki boshka elektromagnit qurilmalarning metall kontaktlari tashkil etadi, elektron texnika esa boshkur asboblarida ishlatiladi.
Ikkinchi yo‘l bo‘lib to‘la elektron ATS / EATS larni ishlab chiqish bo‘ldi. EATS da kommutatsion maydonlarni quyidagi turlarini farqlashadi: fazoviy turi, kanallarni chastota bo‘yicha ajratish va vaqt bo‘yicha ajratilgan so‘zlashuv traktlari tashkil etish tamoyili bo‘yicha. Fazoviy turdagi kommutatsiya maydon, bularning analogli bo‘lib elektromexanik kommutatsiya nuqtali maydon hisoblanadi, elektron kontaktlar va ular orqali tashkil etilgan so‘zlashuv trakti mukammal bo‘lmaganligi tufayli keng tarqalmadi. Kanallari chastotali taqsimlangan (kcht) ATSE dagi kommutatsiya maydoni uzatish tizimining umumiy zanjirini hosil qiladi, unda turli kiruvchi kanallardan tushayotgan chastotali modulyasiyalangan signallarning kommutatsiyalash amalga oshiriladi. KCHT tamoyili ham amaliyotda EATS kommutatsiya maydonlarini qurish uchun o‘z o‘rnini topmadi. Biroq umumiy zanjirlar yordamida kommutatsiyalash g‘oyasi kanallarni vaqt bo‘yicha ajratishdan foydalanuvchi EATS lar qurishda ishlatildi. Bunday EATS darda axborot turli manbalardan kommutatsiya maydonining umumiy zanjiriga uzluksiz emas, vaqt bo‘yicha ma’lum siljish bilan amplituda – modulyasiyalangan impulslar ketma – ketligi ko‘rinishida keladi. Impulslar kanallar bo‘yicha nutq axborotini uzatish usuliga bog‘liq ravishda ikki turga bo‘linadi. Impulsli modulyasiyaning analogli va raqamli usullari. Impulsli modulyasiyaning analog usullari amplituda – impulsli modulyasiya AIM, kenglik impulsli modulyasiya KIM, vaqt – impulsli modulyasiya VIM bilan ishlaydigan stansiyalar faqat maxsus belgilanishga ega aloqa tizimlarida qo‘llaniladi. Impulsli modulyasiyaning analogli usullariga xos nuqsonlar, axborot uzatishning shunday usullarini izlashga majbur qildiki, bunda u toza raqamli shaklda uzatish mumkin bo‘lsin. Bu muammoning echilish natijasi bo‘lib, impulsli modulyasiya DM bilan ishlaydigan EATS yaratish hisoblandi. Axborotni raqamli shaklda uzatish usullari integral aloqa tarmoqlarini yaratish uchun ishlatildi.
Raqamli kommutatsiyaning nazariy asoslari XX asrning 30 – yillarida ifodalangan edi. Biroq, IKM li uzatish tizimlarini amaliyotda ishlatilishi esa faqat 50 – yillarning oxirida boshlandi, bu vaqtga kelib mikroelektron sxemalar yaratishda sezilarli taraqqiyotga erishilgan edi.
Hozirgi kunga kelib IKM li uzatish sistemalari ko‘pgina mamlakatlarda keng ishlatilmokda.
Oxirgi o‘n yillikda avtomatik elektraloqa sohasida integral aloqa tarmog‘i va tizimini yaratishga aloxida e’tibor berilmoqda. Integral aloqa tizimi avtomatlashtirilgan aloqa tizimi bo‘lib, informatsiyaning barcha turlari va kommutatsiya yagona raqamli shaklda amalga oshiriladi. Bunday tizim axborotning turli hillarini bir shaklga keltirib uzatish imkonini beradi.
Integral aloqa tarmoqlariga o‘tish kommutatsiya va kanal tashkil etuvchi uskunalarni qisqartirishga olib keladi, aloqa apparaturasini standartlashtirish va bir shaklga keltirishni ta’minlaydi, bu uskunani ishlab chiqarishda hamda uni ishlatishda sezilarli iqtisodiy samaradorlik olish imkonini beradi.