Amaliy mashg’ulot "Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida" qonunning ahamiyati Reja



Yüklə 16,65 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü16,65 Kb.
#173287

Bajardi: Sharipova Umida


Amaliy mashg’ulot
"Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida" qonunning ahamiyati
Reja
1. "Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida" qonunning ahamiyati
2.MTT faoliyati uchun qonunning dolzarbligi
Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Soʼnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʼliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida“gi Farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
Bugungi kunda Oʼzbekistonda 14 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʼrsatmoqda. 2019 yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020 yilda bu koʼrsatkich 59,5 foiz boʼlishi kutilmoqda, shuningdek, 85,2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.
Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʼyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʼnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʼrta maxsus maʼlumotga ega boʼlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi «Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi qarori misolida koʼrsak, mazkur kontseptsiya maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, bir soʼz bilan aytganda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan boʼlib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi.
Kontseptsiya tasdiqlangandan soʼng oʼtgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2019 yilda «Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosati yoʼnalishlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi, egaligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʼlgan davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilangan.
Qayd etilgan Kontseptsiyada 2030 yilgacha 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishining taʼminlanishi koʼzda tutilgan. Xususan, 2020 yilda yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish, bir paytlar bogʼcha boʼlgan binolarni qayta Maktabgacha taʼlim vazirligi hisobiga qaytarish, maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2020 yilgi dasturlarga muvofiq 18 ta obʼekt qurib bitkazilishi, 129 ta boʼsh inshoot foydalanishga topshirilishi va 261 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼmirlanishi rejalashtirilgan. Bu esa qoʼshimcha yangi 32,7 ming oʼrinlarni yaratadi.
Maktabgacha taʼlimda xususiy sektorni ragʼbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu tariqa, 2018-2019 yillarda Maktabgacha taʼlim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. soʼmga teng Davlat-xususiy sheriklik haqidagi shartnomalarni imzoladi (ulardan 1,1 trln. soʼmi tadbirkorlar hisobidan ajratilgan boʼlsa, 2,8 trln. soʼmi - imtiyozli kreditlar hisobiga toʼgʼri keldi). Foydalanishga topshirilishi kutilayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quvvati 147,9 ming oʼringa teng. 2020 yilda yana 2 mingta oilaviy va 420 ta davlat-xususiy sheriklik doirasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochilishi rejalashtirilgan.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun pedagog va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va salohiyatini oshirish borasida ham ijobiy oʼzgarishlar kuzatilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ham Kontseptsiyaning asosiy yoʼnalishlaridan biridir. Mazkur tizimda innovatsiyalarni, ilgʼor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompьyuterlar bilan taʼminlash, internet tarmogʼiga ulanishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha taʼlimda tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiyada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni yanada takomillashtirish mavzusida tuman (shahar) Maktabgacha taʼlim boʼlimlari tomonidan oʼquv-seminarlar, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarda “OPEN EMIS” tizimidagi xato kamchiliklarni tuzatish boʼyicha amaliy koʼnikmalar berilmoqda.

Yüklə 16,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin