Amaliy mashg‘ulot materiallari. 1– amaliy mashg‘ulot signallarning uzatish sathi. Logarifmik o‘lchov birliklari


SIP komponentlari va protokollari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə4/12
tarix02.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#122057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-3 AMALIY topshiriq uchun

2.5.2 SIP komponentlari va protokollari

SIP tarmog‘i ikki turli komponentlardan tashkil topishi mumkin: klient/server va individual tarmoq elementi. Klient va server komponentlari RFC 3261 qo‘idalari to‘plamiga muvofiq quyidagicha tavsiflanadi:



  • Klient: Klient istalgan tarmoq elementi bo‘lib, SIP so‘rovlarini jo‘natishi hamda SIP javoblarini qabul qilishi mumkin. Klientlar foydalanuvchi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro muloqotga kirishishi mumkin yoki kirishmasligi mumkin.Foydalanuvchi agentklientlari va proksilar klientlar hisoblanadi.

  • Server: Server ham tarmoq elementi bo‘lib, xizmatdan foydalanish haqidagi so‘rovlarni qabul qilishi hamda so‘rovlarga mos javob qaytarishi mumkin. Serverlarga proksi, foydalanuvchi agent serveri, yo‘naltiruvchi hamda ro‘yhatga oluvchi serverlar misol bo‘la oladi.

Standart SIP tarmog‘ining individual elementlari quyidagilar:

  • Foydalanuvchi agenti: Bu agent har bir SIP tarmog‘ining oxirgi punktida joylashadi. Bu ikki xil holatda ishlaydi:

    • Foydalanuvchi agent klienti (UAC): SIP so‘rovlarini yaratadi

    • Foydalanuvchi agent serveri (UAS): SIP so‘rovlarini qabul qiladi va unga mos javob shaklini yaratadi masalan qabul qilinganlik, inkor qilinganlik yoki yo‘naltirilganlik haqidagi javoblarni shakllantiradi.

  • Server yo‘naltiruvchi: Qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan qURIlmaning adresini aniqlashda seans boshlanishi davomiyligida ishlatiladi. Keyin, server yo‘naltiruvchi ma’lumotni qo‘ng‘roqni amalga oshirgan qURIlmaga bu ma’lumotni qaytaradi.

  • Proksi server: Bu klient va server qURIlmalari o‘rtasida ishlatiladigan obekt bo‘lib, boshqa klientlarning nomidan so‘rovni amalga oshirish uchun ham klient ham server kabi faoliyat ko‘rsatadi. SHuningdek, u marshrutlash vazifasini ham amalga oshiradi.

  • Ro‘yhatga oluvchi: Bu server REGISTER so‘rovlarini qabul qiladi hamda so‘rovda joylashgan SIP adres va qURIlmaning IP adresini xizmat joylashgan muhitga uzatadi va qayta ishlaydi.


  • Yüklə 1,42 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin