Amaliy mashg‘ulot materiallari. 1– amaliy mashg‘ulot signallarning uzatish sathi. Logarifmik o‘lchov birliklari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə12/12
tarix02.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#122057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-3 AMALIY topshiriq uchun

Imitatsion modellashtirish usuli
Imitatsion modellashtirish, axborot tarmoqlarini tadqiq etishning e’tirof etilgan vositasi hisoblanadi. Buning asosiy sabablaridan biri, ob’ektni to’liq, etarlicha aniq matematik izohlab bo’lmaydi. Matematik vosita asosida qisman masalani echish mumkin. Tarmoqda rad etishlarni tahliliy modellashtirishni amalga oshirish murakkabdir, ya’ni oqimlarni qayta taqsimlashni turli rejimlari va qurilmalarni qayta tiklash. Shuningdek tahliliy modellashtirish usullari orqali murakkab algoritmli protokollarni taqsimlashni ishonchlilik va vaqtli xarakteristikalarini baholashda qiyinchiliklar kelib chiqadi. Bu va boshqa bir qator masalalarni echimi imitatsion modellashtirish usuli samarali hisoblanadi.
Tahliliy modellashtirish usuli
Hozirgi vaqtga kelib ommaviy xizmat ko’rsatish tizimi tarmoqlari turli vazifalarni bajaruvchi axborotli tarmoq tizimlarining ehtimolli-vaqtincha tavsiflarini tahliliy modelini tayyorlashning eng keng tarqalgan vositasi hisoblanadi.
Ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi doirasida, xizmat ko’rsatish tarmoqlariga bevosita taalluqli bo’lgan fundamental natijalar olingan bo’lib, ular tadqiq qilinayotgan tarmoqlarning xossalarini va ularni tahlil qilish hamda hisoblash usullarining mazmunini jiddiy belgilab beradi.
Shunu ta’kidlash kerakki, ommaviy xizmat ko’rsatish tarmoqlari nazariyasining rivojlanishi ko’pchilik hollarda imitatsion modellashdan voz kechish va ma’lum darajada telekommunikatsiya tarmoqlari modellarini ishlab chiqishni tezlashtirish, ularning o’lchamligini va adekvatligini oshirish imkonini beradi.
Ommaviy xizmat ko’rsatish tarmog’I ommaviy xizmat ko’rsatish tizimlarining (OXKT) turli sinfdagi talablarning ma’lum bir to’plami sifatida aniqlanadi. Talablar OXKTda ma’lum bir berilgan xizmat ko’rsatish tartibiga muvofiq xizmat ko’rsatiladi, xizmat ko’rsatish davomoyligi esa ma’lum bir berilgan taqsimlash funksiyasiga ega tasodifiy kattalik hisoblanadi.
Ommaviy xizmat ko’rsatish tarmoqlari quyidagi tarzda tasniflanadi:

  • tashqi manbalarinig mavzudligi bo’yicha talablar farqlanadi: ochiq, berk va aralash;

  • xizmat ko’rsatish sinflarining sono bo’yicha talablar farqlanadi: bir turli va bir turli bo’lmagan;

  • xizmat ko’rsatish davomiyligini taqsimlash vazifalarining turlari bo’yicha talablar farqlanadi: eksponensial tarmoqlar va umumiy ko’rinishdagi tarmoqlar.



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin