Amaliy mashg‘ulot materiallari. 1– amaliy mashg‘ulot signallarning uzatish sathi. Logarifmik o‘lchov birliklari


Multimediali aloqa tarmoqlarini modellashtirishning asosiy masalalari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə10/12
tarix02.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#122057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-3 AMALIY topshiriq uchun

Multimediali aloqa tarmoqlarini modellashtirishning asosiy masalalari
Multimediali tarmoqlarni matematik modellashtirishning asosiy vazifalari zamonaviy raqamli aloqa tizimlari ham, multimediali tarmoqlar ham murakkab va katta texnik tizimlar hisoblanib, ularning faoliyat yuritishi statistik xususiyatga ega. Ularning faoliyat yuritish jarayonlari murakkab algoritmlar bilan amalga oshirilib, ular ko‘pincha evristik hisoblanadi. Multimediali tarmoqlar katta hududda taqsimlangan turli komponentlarning katta miqdoridan iborat bo‘ladi. Bu komponentlar murakkab tuzilishga va o‘zaro ta’sirlashuv algoritmlariga ega hamda ular ishonchsiz elementlar mavjud bo‘lganda, haqiqiy xalaqitlar sharoitida, shuningdek passiv va aktiv qarshi ta’sir, shu jumladan axborotli qarshi ta’siri sharoitida faoliyat yuritadi.
Multimediali tarmoqni ishlab chiqish va loyihalash bosqichlarida, uning haqiqiy faoliyat yuritishi va rivojlanishi sharoitida, hizmat ko‘rsatish sifati va ishonchlilik, yashovchanligi va axborot xavfsizligini ta’minlash talablariga muvofiq ehtimolli-vaqtli xarakteristikalarni keng sinfini baholash masalasi yuzaga keladi. Bu shunday murakkab tizimlarni tahlil qilish uchun tegishli matematik apparatni ishlab chiqish, multimediali taromqni monitoring qilish tizimini yaratish va tarmoqni haqiqiy vaqt masshtabida boshqarish zarurligini yuzaga keltiradi. Boshqarishning zarurligi tarmoqning faoliyat yuritish jarayonida turli xil odatdan tashqari vaziyatlarningi rivojlanishi va yuzaga kelishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Bunday odatdan tashqari vaziyatlarga quyidagilar kiradi: butunlay tarmoqning o’ta yuklanishi, uning alohida komponentlari yoki segmentlarining o’ta yuklanishi, tarmoqning ayrim komponentlarini ishdan chiqishi, tarmoqning normal faoliyat yuritish jarayonining atayin buzilishi. Odatdan tashqari vaziyatning turiga bog‘liq bo‘lmagan holda murakkab tizim hisoblangan axborot tarmog‘ining xolati nuqtai nazaridan, uning oqibatlari, tarmoq komponentlarining to‘la yoki qisman ishdan chiqishi, uning va alohida komponentlari unumdorligining pasayishi, shuningdek abonentlarni ayrim qismlariga hizmat ko‘rsatish sifatining yomonlashishi, taqdim etalayotgan axborotni buzilishi yoki yo‘q qilishidan iborat bo‘ladi. Bu komponentlar ham apparatli (marshrutizator yoki serverning vaqtincha ishdan chiqishi), ham dasturiy (xabarlarni paketlash dasturining noto‘g‘ri faoliyat yuritishi yoki trafikni noto‘g‘ri manzilga yo‘naltirish) bo’lishi mumkin. Masalan bunday holatlar, tarmoqda xootik trafiklarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuni ta’kidlaymizki, modellashtirish nuqtai nazaridan apparatli va dasturli komponentlar turli qiymatlidir. Ikkalasi ham axborotga ishlov berish va jo‘natish uchun mo‘ljallangan vositalarning mohiyatidir. Shunday qilib, sanab o‘tilgan bu barcha holatlar turli komponentlarni alohida olganda ham, barcha axborot tarmoqlarini to‘laligicha olganda ham ishonchsiz faoliyat yuritishga olib kelgani uchun biz loyihalash, ishlab chiqish, foydalanish va zamonaviylashtirish bosqichlarida ularni har tomonlama va sinchiklab matematik tahlil qilish hamda modellashtirish zarurligiga kelamiz.
Axborotga ta’sir qiluvchi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi:

  1. Multimediali tarmoqlarning ishlashining taqsimlangan xarakteri.

  2. Multimediali tarmoqlarda qo‘llaniladigan telekommunikatsiya texnologiyalarning ko‘p sonli ekanligi.

  3. Butun multimediali tarmoqlarning hamda uning komponentlarini alohida unumdorligi.

  4. Multimediali tarmoqlarning ayrim komponentlarining ishonchsizligi.

  5. Multimediali tarmoqlarning axborot xavfsizligining etarli emasligi.

  6. Multimediali tarmoqlarining vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi topologiyasi.

  7. Multimediali tarmoqlarga tasodifiy nobarqaror va turli xil axborot yuklanish.

  8. Multimediali tarmoqlarda odatdan tashqari vaziyatlar turlarining xilma xilligi.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin