Davomli ma’lumot manbasi: aralash o‘lchamli paketlar aralash intervallarda hosil qilinadi. Bular ilovalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, havo trafigi nazorati radari va real vaqt simulyatorlari.
Manba: aralash intervallarda aralash o‘lchamli paketlar hosil qilinganda, manba periodlar orasida muqobillashtiriladi. Ovoz manbalari masalan telefoniya yoki audio konferensiya.
Paket o‘lchami: manba bir xil intervallarda turli uzunlikdagi paketlarni yaratadi. Masalan, turli kadrlarda raqamli video turli siqish nisbatlarida amalga oshiriladi.
YUqoridagi talablar IP asosidagi WAN tarmoqlari yoki internet uchun mos kelishi murakkab. Ham TCP ham UDP bu talablarga mos kelmaydi.
3- amaliy mashg‘ulot MULTIMEDIALI ALOQA TARMOQLARIDA SIGNALLARNI UZATISHNI MODELLASHTIRISH 3.1. Mashg‘ulotning maqsadi Multimediali aloqa tarmoqlarida signallarni uzatishni modellashtirish prinsiplarini, matematik, imitatsion va analitik modellashtirish usullarini o‘rganish.
3.2. Topshiriq 3.2.1. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv materiallarning: 6-ma’ruza matnini, [1] adabiyotning 16- va 19 - bo‘limlarini o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur.
3.2.2. O‘zingiz yangi pedagogik texnologiya turlari bo‘yicha IP tarmoq bo‘ylab multimediali trafikni uzatish jarayonini modellashtiring.