DP-5A, DP-5B, DP-5V asboblarining o‘lchash poddiapazoni Poddiapa- zonlar Poddiapazonlarni o‘tkazuvchi ruchka holati SHkala O‘lchov birligi O‘lchashlar oralig‘i Ko‘rsatkich -larni aniqlash vaqti (s) I 200
0-200
R/s
5-200
10 II x 1000
0-5
mR/s
500-5000
10 III x 100
0-5
mR/s
50-500
30 IV x 10
0-5
mR/s
5-50
45 V x 1
0-5
mR/s
0,5-5
45 VI x 0,1 0-5 mR/s 0,05-0,5 45
Asbobning tuzilishi. Asbob o‘lchov pulti, uzunligi 1,2 m bo‘lgan yumshoq kabel
bilan ulangan zonddan va energiya manbaidan iborat. Asbobning paneli, g‘ilofi va qopqog‘i
yuqori chidamli shishatolali materialdan qilingan. Asbob futlyari sun’iy teridan qilingan
bo‘lib, u ikki bo‘limdan iborat: biri asbob, ikkinchisi zond uchun mo‘ljallangan. Futlyar
qopqog‘i ichki tomonida asbobdan foydalanish qoidasi yozilgan; mana shu erda DP-5A,
DP-5B asboblarida kontrol stronsiy manbai o‘rnatilgan. DP-5V asbobida kontrol stronsiy
manbai zondda joylashtirilgan. Futlyarga asbobni olib yurish uchun 2 ta siljuvchi qayish
ulangan.
Asbob zondi teshigiga suvga chidamli etilsellyulyoza plyonkasi yopishtirilgan va
shu plyonka orqali betta-zarrachalar o‘tganda betta-nurlanishlarini aniqlaydigan korpusdan
tashkil topgan. Korpusga kesib olingan buruluvchi metall ekran o‘rnatilgan. Ekran «B»
holatga burilganda korpus teshigi ochiladi va betta-zarrachalar hisoblagichga o‘tadi. «G»
holatda korpus teshigi ekran bilan yopiladi va hisoblagichga faqat gamma-nurlar kirishi
mumkin. «B» va «G» holatlarda ekran fiksatorlar bilan mahkamlanadi.
Zond korpusi ichida plata bo‘lib, unga gazorazryad hisoblagichlari (STS-5 va
SIZBG), kuchaytiruvchi - normallashtiruvchi va elektr sxemasi o‘rnatilgan. Hisoblagichllar
gamma-kvantlar va betta-zarrachalar ta’sirida elektr impulslari chiqaradi, bu impulslar
kuchaytiruvchi normallashtiruvchiga o‘tadi.