Amaliy mashg‘ulot radiatsiya darajasi va yutilgan nurlanish miqdorini o‘lchovchi asboblarining tuzilishi va ishlash asoslarini o‘rganish


-rasm. Dozimetrik asboblar bilan ishlash jarayoni



Yüklə 5,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/22
tarix31.08.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#141152
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Radiatsiya

4.3-rasm. Dozimetrik asboblar bilan ishlash jarayoni. 


Doza quvvati 5 R/s gacha bo‘lganda tepadagi shkala bo‘yicha - x 1000
poddiapazonda o‘lchanadi. Har 10-45 sekuntda ko‘rsatishlar olinib, bu raqamlar
poddiapazonlar o‘zgartiruvchida turgan koeffitsientga ko‘paytiriladi [12].
Ob’ektlarning mR/s ifodalangan radioaktiv ifloslanishini ob’ekt yuzasi yopiq holda
zondga yaqin 1-1,5 sm uzoqlikda ushlanib yuqori shkala bo‘yicha olingan ko‘rsatishlarni
poddiapazon koeffitsientiga ko‘paytirilib aniqlanadi. Olingan kattaliklar (ma’lumotlar)
ruxsat etilganlari bilan taqqoslanadi.


Shaxsiy dozimetrlar to‘plamining tuzilishi va ishlatish tartibi.
DP-22V, DP-24, Id-1, IDP dozimetrlar to‘plami radioaktiv moddlardan zararlangan
joylarda va ionlovchi nurlar bilan ishlaganda odamlar tomonidan olinadigan nurlanish
dozasini nazorat qilib turish uchun ishlatiladi.
DP-22V to‘plami cho‘ntakda olib yurishga mo‘ljallangan. DKP-50A dozimetrlar
to‘plamida 50 ta, DP-22 da esa 5 ta dozimetrlar mavjud. Dozimetrlar doza quvvati 0,5 r/s
dan 200 r/s gacha bo‘lgan joylarda 2 dan 50 rengtengacha bo‘lgan nurlanish dozalarini
o‘lchash imkoniyatiga ega. YUqorida keltirilgan ikki to‘plamda ham ZD-5 zaryadlash
qurilmasi bor.
Dozimetrlar to‘plamidan -40
0
S - +50
0
S gacha haroratda foydalanish mumkin. 20
0S haroratda o‘lchash xatoligi ±10 % dan oshmaydi. DP-22V komplektining qutisi bilan
og‘irligi 5,6 kg, DP-24 to‘plaminiki 3 kg, bir dozimetrniki 0,032 kg ni tashkil etadi.


DKP-50 dozimetri konstruktiv jihatdan avtoruchka shaklida yasalgan bo‘lib, ionlash
kamerasi, kondensator, elektroskop va 90 marotaba kattalashtiruvchi mikroskopdan tashkil topgan.
Mikroskop o‘rtasida 25 bo‘lakli (0 dan 50 gacha) shkala joylashtirilgan bo‘lib, bir bo‘lak 2 rentgenga
teng. Dozimetr ichida harakatlanuvchi platinali ipcha bo‘lib, bu ip nurlarning ionlash kamerasi
ta’siriga proporsional ravishda siljiydi. Agar dozimetrning ko‘rish oynasini yorug‘lik manbasiga
yo‘naltirib okulyarga qaralsa, shkala va platinali ipchaning qaysi kattalikka siljiganligini ko‘rish va
olingan doza quvvatini aniqlash mumkin.
ZD-5 zaryadlash qurilmasi yuqori penalidan atensiometr (qarshilik) ruchkasi tegishi
qalpoqcha bilan yopilgan dozimetrni zaryadlovchi uya, uyani yorituvchi lampochka tumbleri, 2 ta
quruq element qo‘yilgan oziqlanish bo‘limi joylashgan.
Dozimetrni zaryadlash uchun pastki qalpoqchasini va zaryadlash qurilmasi ZD-5 ning
zaryadlash uyasining qalpoqchasi echib olinadi, potonsiometr ruchkasi chapga taqalguncha buraladi.
Dozimetr zaryadlovchi oxiriga urilguncha bosib o‘rnatiladi, so‘ngra yoritiladi va okulyar orqali ipcha
holati kuzatilib potensiometr ruchkasi unga asta-sekin buraladi va ipcha tasviri nol holatiga qo‘yiladi.
Keyin dozimetr zaryadlovchi uyadan chiqarib olinadi va yorug‘da ipcha holati tekshiriladi.
Dozimetrlardan foydalanganda kiyim cho‘ntagida olib yuriladi va vaqti-vaqti bilan okulyardan qarab,
ish vaqtida olingan nurlanish dozasi kuzatib boriladi.



Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin