Amaliy mashg‘ulot radiatsiya darajasi va yutilgan nurlanish miqdorini o‘lchovchi asboblarining tuzilishi va ishlash asoslarini o‘rganish


Quti - asbobni olib yurish va to‘liq komplektini saqlashga mo‘ljallangan. Ehtiyot qismlardan asbob



Yüklə 5,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix31.08.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#141152
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Radiatsiya

Quti
- asbobni olib yurish va to‘liq komplektini saqlashga mo‘ljallangan.
Ehtiyot qismlardan asbob
- komplektiga prokladka, vintlar, qalpoqchalar, zond
uchun g‘iloflar, qizdirish lampochkalari va otvertkalar kiradi.
Hujjatlari
- ishlatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq bilan texnik ko‘rsatmasi va formulyardan
iborat.


Asbobni ishlashga tayyorlash.
Asbob joylab qo‘yilgan qutidan chiqarib olinadi, g‘ilof
(futlyar) ning qopqog‘i ochilib hamma yog‘i tekshiriladi. Futlyarga bel va elka qayishlari
o‘rnatiladi. Mikroampermetrning ko‘rsatkichi to‘g‘rilovchi vint (burama) yordamida «O» ga
qo‘yiladi. «Holat» ruchkasini soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda taqalguncha buraladi.
Poddiapazonlarni o‘zgartiruvchining (“o‘chirish”) holatiga qo‘yilgandan keyin oziqlanish
manbalari joylashtiriladi. Buning uchun DP-5A rentgenmetrdan 4 ta tushib ketmaydigan vint
(burama) bo‘shatiladi, DP-5B va DP-5V asboblaridan oziqlanish bo‘limi 1 ta tushib ketmaydigan
vint bo‘shatilib, qopqog‘i olinadi va 1,6-PMS-X-1,05 (KB-1) sxemaga 3 ta element muvofiq
qo‘yiladi. Asbob akkumulyatordan oziqlanganda kuchlanishni taqsimlagichdagi ulagichlar kerakli
kuchlanishga qo‘yiladi, so‘ng uni vintlar yordamida oziqlanish bo‘limiga birlashtiriladi. Undan
keyin poddiapazonlar o‘zgartiruvchi «Holat» holatiga keltiriladi. «Holat» ruchkasining soat
strelkasi yo‘nalishida oxista burab, strelka tepa shkaladagi qora uchburchakka qo‘yiladi. Strelka
buralganda tepadagi qora chiziqgacha etmasa kuchlanish ozligini ko‘rsatadi, demak yangi
elementlarni
qo‘yish kerak. SHundan keyin asbob stronsiy-90 bo‘yicha tekshiriladi:
poddiapazonlarni o‘zgartiruvchi x100 holatiga qo‘yiladi, radioaktiv manba qopqog‘i o‘z o‘qi
atrofida burab ochiladi. Zond ekrani «B» holatga buraladi va zond futlyar qopqog‘iga tayanch
o‘simtalar bilan shunday mahkamlanadiki, stronsiyli manba zond teshigi qarshisida tursin.
Telefonlar ulanadi.


200 dan tashqari hamma poddiapazonlarda (strelka va telefon bo‘yicha) asbob
ishlashini tekshirish kerak. Asbob ko‘rsatkichi poddiapazonlar o‘zgartiruvchining x1000,
x100 holatlarida siljimasligi mumkin, x1, x0,1 holatlarda shkaladan chetga chiqib ketishi,
x10 xolatda formulyarda ko‘rsatilgan raqamda turishi kerak (2,2x10 = 22). «Sbros» tugmasi
ishi tekshiriladi.
Radioaktivlik o‘lchagandan keyin asbobni o‘chirish kerak.
Gamma-nurlanishlarni o‘lchash. «200» poddiapazonda 5 dan 200 R/s gacha
radiatsiya darajasi o‘lchanadi. Buning uchun asbob yuqorida ko‘rsatilgandek moslanadi,
poddiapazonlarni o‘zgartiruvchi «200» holatiga qo‘yiladi, zond teshigi ekran bilan
berkitiladi va zond futlyarga joylashtiriladi. Radiatsiya darajasi 1 m balandlikda o‘lchanadi
va har 10 sekundda quyi shkala bo‘yicha ko‘rsatishlar olinadi (4.3-rasm).



Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin