1.Milliy iqtisodiyotga investitsiya jalb qilishning ahamiyati.
. Xorijiy investitsiyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ahamiyatli rolga ega
va ko`p davlatlar uchun muhim kapital manbasi hisoblanadi. Jahon moliyaviy
iqtisodiy inqirozi sharoitida investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash
hamda shu asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash
evaziga mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin.
Mustaqillikka erishilgandan so`ng, rejali iqtisodiyotdan taraqqiyotning
―O`zbek modeli‖ asosida bozor iqtisodiyotiga o`ta boshlandi. Bunday sharoitda
albatta iqtisodiyotni modernizatsiyalashga, oqilona iqtisodiy siyosatga asoslangan
holda iqtisodiyot tarmoqlarini tubdan isloh qilishga to`g`ri keladi. O`zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi keltirilgan fikrlari:
―Barchamiz bir oddiy haqiqatni yaxshi anglab olishimiz darkor – investitsiyalarsiz
modernizatsiya ham yangilanish ham bo`lmaydi,- yuqoridagi gapimizni dalili
desak aslo mubolag`a bo`lmaydi. Xorijiy investitsiyalarni o`rganishdan avval, biz
investitsiya o`zi nimaligini, qanday tavsiflanishini, turlari va shakllarini, mamlakat
iqtisodiyotining o`sishiga qanchalik muhim ekanligini o`rganish maqsadga
muvofiq deb bildik.
Ma‘lumki, rejali iqtisodiyotni rad etib, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor
munosabatlarini tanlaganimizdan buyon bizning til boyligimizda ―investitsiya‖
atalmish iqtisodiy kategoriya ko`pdan-ko`p qo`llana boshlandi. Biroq, tarix uchun
o`tgan juda bir qisqa davr ichida investitsiyaga ko`p ta‘rif berildiki, ular o`zlarining
rang-barangligi, xilma-xilligi, oddiy va murakkabligi bilan bir-biridan ajralib
turadi.
"Investitsiyalar" aslida nemischa "investition", lotincha "investio" so`zidan
olingan bo`lib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qo`yilmalar sarfi, ya‘ni
xarajatlar yig`indisi deb talqin etilgan.
Investitsiyalar nazariyasi o`zining tarixiy rivojlanish jarayonida bir qancha
bosqichlarni bosib o`tdi. V.V.Aladinning fikricha investitsiyalarning dastlabki
belgilarini Avstriya iqtisodchilari maktabining ilmiy ishlarida ko`rish mumkin8 .
Iqtisodiy lug`atda ―investitsiyalar - kapitalni uzoq muddatli qo`yilmalar tariqasida
sanoatga, qishloq xo`jaligiga, transportga va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan
xarajatlar yig`indisini aks ettiradi‖9 , - deb ta‘riflangan.
Sharp U., Aleksandr G., Beyli Dj. investitsiyalar haqida qo‗yidagi fikrlarni
bildiradi: mumkin qadar kengroq ma‘noda aytganda ―investitsiyalar‖ - bu
―kelajakda kattaroq foydaga ega bo‗lish uchun buguncha puldan ajralishdir‖
O‗zbekiston Respublikasining ―Investitsiya faoliyati to‗g‗risida‖gi qayta
tahrirdagi Qonunida investitsiyalar mo‗ljallangan ob‘ektiga ko‗ra turlarga
ajratilgan bo‗lib, buni quyidagi 1.1-rasmda ko‗rishimiz mumkin: