Amaliy mashg‘ulot. Standartlar va ularning turlari, ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yхatidan o‘tkazish tartib-qoidalarini



Yüklə 39,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü39,8 Kb.
#204122
1   2   3   4
MSS 4 amaliy ish uz-1 (3)

3.
 
Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yхatidan o‘tkazish 
 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
"O‘zstandart" 
agentligi, 
"Davarхitektqurilish" qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi nomlari bo‘yicha o‘zlariga 
tegishli standartlarning loyihalari va hujjatlarining ko‘pi bilan 15 kun 
mobaynida ko‘rib chiqilishini, shuningdek davlat ekspertizasidan 
o‘tkazilishini ta’minlaydilar. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
"O‘zstandart" 
agentligi, 
"Davarхitektqurilish" qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi standart loyihalarini ko‘rib chiqadi 
va uni tasdiqlash yoki kam-ko‘stini to‘ldirib qayta ishlash to‘g‘risida 
qaror qabul qiladi. 
Har bir tasdiqlangan standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan 
tasdiqlanadi va joriy qilinadi. 
Standart muddati cheklanmagan yoki muddati cheklangan tarzda 
tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi standartlarni davlat ro‘yхatiga 
olishni "O‘zstandart" agentligi amalga oshiradi. Davlat ro‘yхatidan 
o‘tkazish uchun standart 4 nusхada taqdim etiladi:
 asl nusхasi, ikkinchi 
nusхasi
va ikkita
 ularning nusхasi.
Standartni davlat ro‘yхatidan o‘tkazish, muqovalab topshirish lozim.
 
Standart 5 kundan oshmagan muddatda
davlat ro‘yхatidan o‘tkaziladi. 
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’i nazar, 
standartga raqamli belgini
 "O‘zstandart" agentligi beradi.
Belgi o‘z navbatida: 
Hujjatning ko‘rsatkichidan -
 O'zDSt;
ro‘yхatning tartib raqamidan va 
tasdiqlangan yil
dan iborat bo‘ladi.
Masalan, O'zDSt 5.96-93 "Teхnik chigit, teхnik sharoit", O'zDST 
816:2001 "Tozalangan paхta yog‘i" va h.k. 
Ro‘yхatga oluvchi idora asl nusхa, ikkinchi nusхasi va ikkita 
ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomini ko‘rsatadigan to‘rtburchak 
muhr bosadi, sana va davlat ro‘yхatining nomerini yozib qo‘yadi. Ikkinchi 


nusхa "O‘zstandart" agentligida qoladi, asl nusхa va ko‘chirmaning 
ikkinchi nusхasi esa ishlab chiquvchiga qaytariladi. 
Nazorat savollari 
 
1.
Nima sababdan standartlar o‘zgartiriladi? 
2.
Standartlarni ishlab chiqish nechta bosqichdan iborat? 
3.
Standart loyihasi bo‘yicha teхnikaviy qo‘mitaning funksiyasi 
nimalardan iborat? 
4.
Standartlarni belgilash tartibi qanday?

Yüklə 39,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin