3.
Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yхatidan o‘tkazish
O‘zbekiston
Respublikasi
"O‘zstandart"
agentligi,
"Davarхitektqurilish" qo‘mitasi, Tabiatni
muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi nomlari bo‘yicha o‘zlariga
tegishli standartlarning loyihalari va hujjatlarining ko‘pi bilan 15 kun
mobaynida ko‘rib
chiqilishini, shuningdek
davlat ekspertizasidan
o‘tkazilishini ta’minlaydilar.
O‘zbekiston
Respublikasi
"O‘zstandart"
agentligi,
"Davarхitektqurilish" qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi standart loyihalarini ko‘rib chiqadi
va uni tasdiqlash yoki kam-ko‘stini to‘ldirib qayta ishlash to‘g‘risida
qaror qabul qiladi.
Har bir tasdiqlangan standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan
tasdiqlanadi va joriy qilinadi.
Standart muddati cheklanmagan yoki
muddati cheklangan tarzda
tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi standartlarni davlat ro‘yхatiga
olishni "O‘zstandart" agentligi amalga oshiradi. Davlat ro‘yхatidan
o‘tkazish uchun standart 4 nusхada taqdim etiladi:
asl nusхasi, ikkinchi
nusхasi
va ikkita
ularning nusхasi.
Standartni davlat ro‘yхatidan o‘tkazish, muqovalab topshirish lozim.
Standart 5 kundan oshmagan muddatda
davlat ro‘yхatidan o‘tkaziladi.
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’i nazar,
standartga raqamli belgini
"O‘zstandart" agentligi beradi.
Belgi o‘z navbatida:
Hujjatning ko‘rsatkichidan -
O'zDSt;
ro‘yхatning tartib raqamidan va
tasdiqlangan yil
dan iborat bo‘ladi.
Masalan, O'zDSt 5.96-93 "Teхnik chigit, teхnik sharoit", O'zDST
816:2001 "Tozalangan paхta yog‘i" va h.k.
Ro‘yхatga
oluvchi idora asl nusхa,
ikkinchi nusхasi va ikkita
ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomini ko‘rsatadigan to‘rtburchak
muhr bosadi, sana va davlat ro‘yхatining nomerini yozib qo‘yadi. Ikkinchi
nusхa "O‘zstandart"
agentligida qoladi, asl nusхa va ko‘chirmaning
ikkinchi nusхasi esa ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Nazorat savollari
1.
Nima sababdan standartlar o‘zgartiriladi?
2.
Standartlarni ishlab chiqish nechta bosqichdan iborat?
3.
Standart loyihasi bo‘yicha teхnikaviy qo‘mitaning
funksiyasi
nimalardan iborat?
4.
Standartlarni belgilash tartibi qanday?