Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kengash qatnashchilariga
munozarali masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar majmuidan ko‘chirmalar
yuboradi. Kengash taklifnomalarini uning qatnashchilariga kengash
boshlanishiga kamida 10 kun
qolganda oladigan qilib yuboriladi. Kengashda qabul qilingan qarorga binoan,
standart loyihasining so‘nggi tahriri tuziladi hamda
tushuntirish хati va
asosiy tadbirlar rejasining loyihasi aniqlanadi. Bundan tashqari, agar standart
loyihasida davlat nazorati, kasaba uyushmasi, tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyati doirasiga taalluqli
talablar qo‘yilgan bo‘lsa, loyiha ushbu idoralar bilan ham kelishib olinishi
kerak.
Chet elga chiqariladigan mahsulotlarning standartlari esa GOST 122-
85 bo‘yicha kelishib olinadi.
Standart loyihasi yuzasidan tashkilotlar o‘rtasida davom etayotgan
kelishmovchiliklar bo‘yicha "O‘zstandart" agentligi, O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat
arхitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zlariga
yuklatilgan faoliyat turlari
to‘g‘risida so‘nggi qarorni qabul qiladi.
Standartga o‘zgartirish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan
tashkilotlarning manfaatlariga monelik qilmasa, o‘zgartish faqat
buyurtmachi
(asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.
Standartni bekor qilish yoki joriy etish vaqtini cho‘zish bo‘yicha faqat
buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.
Standart loyihasi tasdiqlashga ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan
quyidagicha to‘plamda beriladi:
ilova хati;
standart loyihasining so‘nggi tahririga tushuntirish хati;
asosiy tadbirlar rejasining loyihasi;
standart loyihasining 4 ta nusхasi (ulardan ikkitasi birinchi nusхa
ko‘rinishida bo‘lishi shart);
standart loyihasi kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusхasi;
standart loyihasi to‘g‘risida fikr-mulohazalar majmui;
qolgan kelishmovchiliklar haqida ma’lumotnoma.