Amaliy mashg‗ulotlarni bajarish boyicha



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə15/16
tarix06.09.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#141809
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
muhandislik dasturlari Amaliy mashg

14-Mavzu: SIMATIC S7 dasturlanadigan kontrollerlarning asosiy bloklari bilan tanishish
Ishni bajarishdan maqsad: Simantic S7 dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlarni asosiy bloklari bilan tanishish va kontrollerlar haqida o‘rganib olish
Nazariy ma‟lumotlar :

S7-300/S7-400 dasturlanadigan kontrollerlarining tarkibi


S7-300/S7-400 kontrollerlar oilasi oddiy va murakkab elementlarni o‗z ichiga oladigan mantiqiy dasturiy kontrollerlardan tashkil topadi. Hajmi va umumiy imkoniyatlari har xil bo‗lgan bu kontrollerlarning qo‗llash xarakteristikasi, xotirasi, ma‘lumotlar tarkibi, manzillari (adresslari), dasturiy tili va qo‗llanilish to‗plami bir xil. Ular, lokal hisoblash tarmoqlarini qo‗llab, oddiy tizimlar (operator paneli, kiritish/chiqarish qurilmalari) bilan oson integrallashadigan Step 7 dasturlash vositalari orqali farqlanadi.
Komponentlari
S7-300 va S7-400 kontrollerlari modulli bo‗lib, har biri asosiy komponentlardan tashkil topadi. Bu komponentlar keyingi 4-bobda bayon etiladi. Dasturlash qurilmasi umumiy foydalanuvchi interfeysini yaratish, saqlash, xatoliklarni qidirish va dasturni boshqarishni ta‘minlaydi. Ushbu komponentlarni har biri S7-300/S7-400 kontrollerlarini sozlash uchun qo‗llaniladi.



Component nomi

O‗zbek tilida

Belgi si

Vazifasi

Racks

Karkas

-

Foydalanuvchi tomonidan tanlanadigan turli modullar o‗rnatiladigan montaj asosi

Power Supply

Ta‘minot manbai

PS

Karkas va modullarga kuchlanish berish manbai

Central Processor

Markaziy Protsessor

CPU

Foydalanuvchi dasturlari va ma‘lumotlarini nazorat qilish jarayonini boshqaradi

Signal Modules

Signallar modullari

SM

O ‗lchash qurilmalari va datchiklardan olinadigan raqamli/analog I/O signallari interfeysi

Function Modules

Funksional modular

FM

CPU dan mustaqil bo ‗lgan nazorat qiluvchi intellektual modullar

Communication Processors

Kommunikatsiya protsessori

CP

S7 DMK va boshqa qismlar o‗rtasida o‗zaro aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi

Interface Modules

Modul interfeyslari

IM

markaziy va yordamchi karkasning S7-300 va S7-400 lari o‗rtasidagi local va nolokal bog‗lanishlarni amalga oshiradi

Programming Device

Dasturlash qurilmasi

PG/P C

PG o‗zida Step7/Step5 dasturlarini ishlab chiqishga moslashgan shaxsiy kompyuterlarni namoyon etadi; PC foydalanuvchi tomonidan tuziladigan dasturlash tizimi hisoblanadi

Multi-point Interfeys

Ko‘p nuqtali interfeys

MPI

MPI ning komponentlari (CPUs, CPs, FMs, operator paneli (OPs)) bilan quyi tarmoqdagi qurilmalarni ulovchi tarmoq

Distributed I/O

Taqsimlangan I/O (kirish/chiqish)

DP

I/O (kirish/chiqish) qurilmalari (yoki DP- yordamchi qurilmalar) DP-master bilan standart EN50170 Volume ProfiBus DP orqali ulanadi



Component nomi

S7-300

S7-400

Rail/Rack (karkas)








Power Supply (Ta‘minot manbai)







Interface Modules (Modul interfeyslari)









CPUs








CPs








FMs








SMs











S7 Station












Simatic Manejer
Simatic Manajer avtomatlashtirishdagi Simatic loyihalarni boshqaradigan yuqori toifadagi uskuna hisoblanadi. Dasturiy ta‘minot uchun qolgan standart komponentlar, masalan apparat va tarmoq konfigurasiyasi uskunalari va dastur o‗rnatilgandan so‗ng, qo‗shimcha til tahrirlagichlar Simatic Manajer orqali ishga tushiriladi.



Simatic ishchi sohasini sozlash
Simatic ishchi sohasi Utilitli ko‗p foydalanuvchili Step7 dasturidagi zaruriy ishchi parametrlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi



Tarmoqni sozlash
NetPro konfiguratsiya vositasi MPI, Profibus va Ethernet sanoat tarmog‗ini grafik konfiguratsiyalash imkonini beradi. Uskunada tarmoq stansiyasi, komunikatsion interfeys va jismoniy ulanish tasvirlangan. Uskuna modul va tarmoq parametrlarini sozlash va kanallarni bir-biri bilan ulashni imkonini beradi.



S5 fayllarini konvertatsiyalash
Step5 Step7 konvertatsiyalash Utilitli mavjud Step5 dasturini Step7 dasturiga mos keluvchi kodlar bilan konvertatsiyalaydi. Utilitni maqsadi Step5 dasturidagi mavjud buyruqlar to‗plamini katta qismini Step7 ga to‗g‗ri kelishini konvertatsiyalaydi. Konvertatsiya natijasida buyruqlar ro‗yxat (STL)
ko‗rinishidagi yo‗riqnomaga keltiriladi.



LAD/FBD/STL dastur tahrirlagichi
LAD/FBD/STL S7-300/S7-400 CPU uchun standart dasturlash vositasi hisoblanadi. Bu uchtasi birdagi muharrir har qanday uch tildagi yoki shu tillar kombinatsiyasi bilan ishlash vakolatini beradi. LAD ya‘ni diagrammalar zinapoyasi, FBD yoki funksiyalar bloklari diagrammasining grafik tili bo‗lib mantiqiy elementlarni qurishda ishlatiladi va STL esa assembler yoki shunga o‗xshash til matnidagi buyruqlar ro‗yxatini o‘z ichiga oladi.



Xotira xaritasining parametrik vazifasi
Xotira xaritasining parametri Utiliteli vazifasi Step7 dasturidagi qo‘shimcha xotira xaritasini sozlashdan iborat. Foydalanuvchi qanday EPROM yoki flash- fayl drayveri ishlatilishini yoki EPROM uchun LPT port ishlatillayotganligini
aniqlaydi.



PID rostlagich parametrining vazifasi
Bu Utilitel S7-300/S7-400 standart PID funksiyasi (FB41, FB42), uzluksiz va qadamli kontrollerdagi bloklar uchun PID rostlagichi shablonini taqdim etadi.



PG-PC interfeysini sozlash
Bu Utilitel interfeys parametrlarini tanlash, sozlash, sozlangan S7 dasturini onlayn ulash hamda protokol va tarmoq adapterini sozlash va o‗chirish imkonini beradi.



Ti 405 fayllarini aylantirish
Ti 405 Utiliteli SIMATIC 405 dasturiy kodlarini Step7 dasturi yoki bloklariga bir xil aylantirib berish imkonini beradi. Utilitel bir yoki bir qancha tahrirlangan
yoki jamlangan Step7 buyruqlari ro‗yxatini matnli fayl ko‗rinishiga aylantiradi.






Ti 505 fayllarini aylantirish
Ti 505 Utiliteli SIMATIC 505 dasturiy kodlarini Step7 dasturi yoki bloklariga bir xil aylantirib berish imkonini beradi. Utilitel bir yoki bir qancha tahrirlangan
yoki komplitasiya qilingan Step7 buyruqlari ro‗yxatini matnli fayl ko‗rinishiga aylantiradi.



Foydalaniladigan asosiy adabiyotlar va o„quv qo„llanmalar ro„yxati


Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin