Topshiriq. Yuqorida olingan ko‗nikmalardan foydalanib 5-rasmda ko‗rsatilgan shakllarning fazoviy ko‗rinishini mustaqil bajarib ko‗ring.
5.5-rasm
IV.Ishni bajarish tartibi:
Yuqorida tavsiya etilayotgan chizmalarni talaba ixtiyoriy 1 tasini mustaqil ravishda AutoCAD dasturida o‗lchamlar va belgilar qo‗yib uni A4 farmatdagi oq qog‗ozga printerdan chop etadi.
Yuqorida qilingan ishlar yuzasidan talabaning fikr va mulohazalari.
Bu qismda har bir talabaga variant asosida ikki ko‗rinishga ega bo‗lgan, aniq o‗lchamlar bilan ko‗rsatilgan detal chizmalari beriladi va uni AutoCAD dasturi yordamida loyihalaydi.
|
|
1-chizma
|
2-chizma
|
|
|
3-chizma
|
4-chizma
|
|
|
5-chizma
|
6-chizma
|
|
|
7-chizma
|
8-chizma
|
|
|
9-chizma
|
10-chizma
|
|
|
11-chizma
|
12-chizma
|
|
|
13-chizma
|
14-chizma
|
|
|
15-chizma
|
16-chizma
|
|
|
17-chizma
|
18-chizma
|
|
|
19-chizma
|
20-chizma
|
|
|
21-chizma
|
22-chizma
|
|
|
23-chizma
|
24-chizma
|
Amaliy mashg„ulot
Mavzu:SCADA sistеmasining ishchi bloklari bilan tanishish
Ishni bajarishdan maqsad: SCADA tizimlarining asosiy tushunchalari va amaliy masalalarini atroflicha o‘rganish, SCADA tizimlarining amaliy jihatlarini o‘rganish.
Umumiy tushunchalar:
SCADA ning qisqacha tarixi
SCADA (supervisory control and data acquisition ‒ nazorat qilish va ma‘lumot olish) dastlab ham nazorat tizimlari hisoblangan. Birinchi SCADA tizimlari o‘lchash asboblari panellari, chiroqlar va tasmali ovoz yozish sxemalari orqali ma‘lumot olish uchun foydalanilgan. Bunda operator turli nazorat tugmalari orqali qo‘lda nazorat qilgan. Ushbu qurilmalar zavodlar, korxonalar va elektr ishlab chiqarish stansiyalarida ma‘lumot olish hamda nazorat qilish uchun qo‘llanilgan va hamon qo‘llanmoqda. Quyidagi rasmda panel tizimi uchun sezgir element tasvirlangan.
6.1-rasm. 4-20 mA yoki kuchlanishga mo‘ljallangan panel uchun sezgir elementlar.
Sezgir element SCADA tizimi panellari uchun quyidagi afzalliklarga ega:
U oddiy hamda hech qanday CPU, RAM, ROM va boshqa dasturiy ta‘minotlar zarur emas.
Sezgir elementlar bevosita paneldagi o‘lchash asboblari, chiroqlar va kalitlar bilan bog‘langan.
Unda tugma yoki indekatorlardek oddiy qurilmalarni kiritish oson va arzondir (ko‘p hollarda). Sezgir element tizimlari uchun to‘g‘ri panelning noqulayliklari quyidagicha:
Yuzlab sezgir elementlar o‘rnatilgandan keyin noqulay sim o‘ramlari paydo bo‘ladi
Ma‘lumotlar turi va miqdori minimal va elementardir
Tizm rivojlantirilgan sari qo‘shimcha sezgir elementlarni o‘rnatish qiyinlashadi
Tizimni qayta konfiguratsiya qilish nihoyatda qiyindir
Real ma‘lumotlar yordamida simulyatsiya qilishning imkoni yo‘q
Ma‘lumotlar omborini boshqarish qiyindir
Sistema o‘chganda ma‘lumotlar monitoringi yoki ogohlantirish signallari bo‗lmaydi
O‗lchash natijalari va tavsilotlarini 24 soat davomida uzluksiz nazorat qilishga to‗g‗ri keladi
Zamonaviy SCADA tizimlarining asosiy tamoyillari
Zamonaviy ishlab chiqarish va sanoatlashgan jarayonlarda, tog‗-kon sanoatida, xalq xo‘jaligi va maishiy xizmat sohasida, dam olish va xavfsizlik masalalarida telemetriya ko‘pincha uzoq masofada joylashgan uskunalar va tizimlarni bir-biri bilab bog‘lash uchun zarurdir. Bu masofa bir metrdan minglab kilometrgacha bo‘lishi mumkin. Telemetriya– buyruqlar va dasturlarni yuborish uchun ishlatiladi va monitoring qilingan ma‘lumotni olis masofalardan qabul qilib oladi.
SCADA – telemetriya kombinatsiyalari va ma‘lumot olishni anglatadi. SCADA barcha to‘plangan ma‘lumotlarni o‘z ichiga olib, ularni markaziy saytga yuboradi hamda zaruriy tahlil va nazoratni amalga oshiradi, so‘ngra ma‘lumotlar bir necha operator ekranlari yoki diplaylarida namoyon bo‘ladi. Zaruriy nazorat signallari keyin jarayonga uzatiladi.
Ma‘lumotlarni to‘plash, ularni mantiqiy tahlil qilish dastlabki kunlardanoq sanoat tizimlari va nazorat qilishda qo‘llanilgan. Shu jumladan, CPU va bir qator elektron qurilmalar kirib kelishi bilan ishlab chiqaruvchilar matiqiy elementlarda raqamli elektronikani qo‘lashdi. PLC yoki DMK (dasturlashtiriladigan mantiqiy kontroller) sanoatda hali hamon keng qo‘llaniladigan nazorat tizimlaridan biridir. Zavod va korxonalarda nazorat qilish va tekshirish uskunalari rivojlanishi bilan PLC lar bir necha qismlarga bo‘linib, bu tizimlar yanada aqilliroq va kichikroq o‘lchaga ega bo‘ldi. PLC (programmable logic controller yoki DMK–dasturlashtiriladigan mantiqiy kontroller) va DCS (distributed control systems yoki TNT–taqsimlangan nazorat tizimi) quyida ko‘rsatilgandek foydalaniladi.
6.2-rasm. Kompyuterning DMK (dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrolleri) va TNT (taqsimlangan nazorat tizimi) tarmoq va sezgir elementlari bilan.
SCADA texnik ta‘minoti
SCADA tizimi RTU (remote terminal units) masofaviy ternimal uskunalaridan iborat bo‘lib, ma‘lumotlarni yig‘ish va ularni aloqa tizimi hisoblangan master stansiyaga qaytarishni ta‘minlaydi. Master stansiya olingan ma‘lumotlarni ko‘rsatadi va operator uchun masofadan boshqarishni amalga oshirishga imkon beradi.
Zavodni boshqarish va jarayonni optimallashtirish uchun ma‘lumotlar aniq va o‘z vaqtida bo‘lishi kerak. Boshqa afzalliklari tejamkorlik, samaradorlik va eng muhimi xavfsiz
boshqarishdan iborat. Bunday natijalar avtomatlashtirilmagan tizimlar bilan taqqoslaganda kam xarajatlidir.
SCADA tizimlarini yanada komplekslashtishning muhim 5 xil darajasi yoki ierarxiyasi mavjud:
Yo‘nalish darajasi asbobsozlik va nazorat qilish qurilmalari
Safarbar etilgan terminallar va RTU lar
Aloqa tizimi
Master stantsiyani (lar)
Tijorat ma'lumotlarni ishlab chiqish bo'limining kompyuter tizimi
RTU interfeysning har bir chekka qismida yo‘nalish analogi va raqamli sezgir element bilan ta‘minlangan.
Aloqa tizimlari master stansiya va masofaviy maydon o‘rtasidagi muloqot uchun yo‘lak vazifasini bajaradi. Bu aloqa tizimi simli, optik tolali, radio to‘lqinli, telefon liniyali, mikroto'lqinli va hatto sun'iy yo'ldoshli bo'lishi mumkin. Muayyan protokollar va xatoliklarni aniqlash ma'lumotlarni samarali va optimal uzatish uchun foydalaniladi.
Master stantsiya ma‘lumotlarni turli RTU lardan yig‘adi va odatda, u ma‘lumotlarni ko‘rsatish hamda masofaviy nazorat uchun operator interfeysi bilan ta‘minlangan. Ulkan telemetriya sistemalarida, Sub-masterlar ma‘lumotlarni bir-biridan olis masofadan master stantsiyaga qaytarilgani kabi to‘playdi.
SCADA dasturiy ta‘minoti
SCADA tizimlarining dasturiy ta‘minoti ikki guruhga bo‘linadi: mulikiy va ochiq. Korxonalar o‘zlarining texnik ta‘minotini ma‘lum qilish uchun mulikiy dasturiy ta‘minotini rivojlantiryapti. Bunday tizimlar ―o‘zgarish kaliti‖ sifatida sotiladi. Ushbu tizim bilan asosiy muammo shundaki, tizimni yetkazib beruvchiga o‗ta ishoniladi. Ochiq dasturiy ta‘minot tizimlari sistemaning qobiliyati orqali mashhutlik keltirgan. Sistema qobiliyati ba‘zi tizimlarda turli xil ishlab chiqarish asboblarini bir-biri bilan bog‘laydi.
SCADA tizimlari uchun dasturlar bozorida ochiq dasturiy paketlarning faqat ikki turi mavjud: Citect va Wonderware. Ba'zi paketlar bugungi kunda SCADA tizimi doirasida integratsiyalashgan boshqarishni o‘z ichiga oladi. SCADA tizimining umumiy komponentlari quyidagi diagrammada ko‘rsatilgan.
6.4-rasm. Oddiy SCADA sistemasi.
SCADA dasturiy ta'minot asosiy xususiyatlari quyidagilar:
Foydalanuvchi interfeysi
Grafik tasvirlar
Signallar
Yo‘nalishlar
RTU (va PLC) interfeysi
O‗lchov birligi
Ma'lumotlarga kirish
Ma'lumotlar bazasi
Tarmoq
Xatolikka bardoshlilik
Mijoz /taqsimlangan jarayon serveri
SCADA tizimlarini dastlabki rejalashtirish va loyihalashtirishda, yangi infratuzilma va kommunikatsiya obyektlarini barpo etishning xarajatlaridan qochish maqsadida yangi SCADA tizimlari integratsiya qilish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayon LAN (mahalliy tarmoq)lar, mobil aloqa uchun foydalaniladigan xususiy telefon tizimlari yoki radio tizimlar orqali amalga oshirilishi mumkin. SCADA tizimlari va muhandislik tizimlari orasidagi aloqa tarmog‘I bir-biriga xalaqit bermasligi lozim.
6.5-rasm. SCADA dasturiy ta‘minoti old panel oynasi va uning blok sxemasi.
Agar yangi tizim joriy etilsa, sistema sifatlarini ko‘rib chiqish kerak. Chunki hech qaysi kompaniya cheksiz bujetda ega emas. Yuqori iqtisodiy holatga qarshilik hamda yaxlit talablar loyiha oxirida maqbul ish tizimini tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega. Aloqa tizimlari istiqbollari va uskunalar ishonchliligi sistemani ishga tushirishda muhim ahamiyatga ega.
Barcha yuqorida ta‘kidlangan omillar ushbu kitobda batafsil muhokama qilinadi. Ular orqali o‘rganuvchi tizimli yondashuv yordamida o‘rnatilgan sanoat muhiti uchun mos bo‘lgan loyihalash, o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsarish hamda telemetriya xususiyatlari va tizimlari haqida ma‘lumot olish mumkin.
7-Amaliy mashg„ulot
Dostları ilə paylaş: |