Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar


DIFFERENTSIAL TENGLAMALAR



Yüklə 454,33 Kb.
səhifə3/6
tarix09.02.2023
ölçüsü454,33 Kb.
#83618
1   2   3   4   5   6
Документ Microsoft Word

DIFFERENTSIAL TENGLAMALAR

Agar tenglamada noma`lum funktsiya hosila yoki differentsial ostida qatnashsa, bunday tenglama differentsial tenglama deyiladi.


Agar differentsial tenglamada noma`lum funktsiya faqat bir o`zgaruvchiga bog’liq bo`lsa, bunday tenglama oddiy differentsial tenglama deyiladi. Masalan:

Agar differentsial tenglamadagi noma`lum funktsiya ikki yoki undan ortiq o`zgaruvchilarga bog’liq bo`lsa, bunday tenglama xususiy hosilali differentsial tenglama deyiladi. Masalan:

Differentsial tenglamaning tartibi deb, shu tenglamada qatnashuvchi hosilaning (differentsialning) eng yuqori tartibiga aytiladi. Masalan:

birinchi tartibli tenglamalar,

esa 4-tartibli differentsial tenglamalardir.
Mavzularda faqat oddiy differentsial tenglamalarni ko`rib chiqamiz. n – tartibli oddiy differentsial tenglamaning umumiy ko`rinishi quyidagicha:
 (1.4)
bu erda x – erkli o`zgaruvchi; y – noma`lum funktsiya,  - noma`lum funktsiyaning hosilalari.
(1.4) ni ko`p hollarda quyidagi ko`rinishda yozish mumkin:
 (1.5)
(1.5) ning echimi (yoki integrali) deb uni qanoatlantiruvchi shunday  funktsiyaga aytiladiki,  ni (1.5) ga qo`yganda u ayniyatga aylanadi.
Oddiy differentsial tenglama echimining grafigi uning integral egri chizig’i deyiladi.
n-tartibli differentsial tenglamaning echimida n ta erkli o`zgarmas son qatnashadi. Bu o`zgarmas sonlarni o`z ichiga olgan echim umumiy echim deyiladi. Umumiy echimning grafik ko`rinishi integral egri chiziqlar dastasini ifodalaydi. Umumiy echimda qatnashuvchi erkli o`zgarmaslarning aniq son qiymatlari ma`lum bo`lsa umumiy echimdan xususiy echimni ajratib olish mumkin.
Umumiy echimga kiruvchi erkli o`zgarmaslar masalaning boshlang’ich shartlaridan aniqlanadi. Bunda masala quyidagicha qo`yiladi: (1.4) differentsial tenglamaning shunday echimi  ni topish kerakki, bu echim erkli o`zgaruvchi x ning berilgan qiymati x=x0 da quyidagi qo`shimcha shartlarni qanoatlantirsin:
 (1.6)
(1.6) shartlar boshlang’ich shartlar deyiladi,  - sonlar esa echimning boshlang’ich qiymatlari deyiladi. Boshlang’ich shartlar (1.6) yordamida umumiy echimdan xususiy echimni ajratib olinadi.



Yüklə 454,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin